Finlandiya, Helsinkining fikriça, Moskva tomonidan uyuştirilgan noqonuniy muhojirlar oqimi tufayli Rossiya bilan quruqlikdagi çegarasini ikki haftaga yopmoqda.
Finlandiya noqonuniy muhojirlar oqimi tufayli Rossiya bilan quruqlikdagi çegarasini 13 dekabrga qadar butunlay yopyapti, yuk taşiş uçun «Vaynikkala» temiryöl nazorat punkti bundan mustasno, deya maʼlum qildi Finlandiya boş vaziri Petteri Orpo 28 noyabr, seşanba kuni.
Şu tariqa, Rossiya bilan çegaradagi oxirgi işlayotgan nazorat-ötkaziş punkti - «Raya-Yoosep» ikki haftaga yopiladi. Qolgan nazorat punktlari noyabr oyi davomida yopildi. Boş vazirning sözlariga köra, butun şarqiy çegarani yopiş qarori «Finlandiya milliy xavfsizligini Rossiyaning gibrid operatsiyasidan himoya qiliş» uçun qabul qilingan.
Rossiya bilan çegaradagi töqqizta nazorat-ötkaziş punktidan törttasi 18 noyabrga ötar keçasi – kamida 2024 yilning 18 fevraliga qadar yopildi. 24 noyabr yarim tundan boşlab Finlandiya-Rossiya çegarasida yana uçta nazorat-ötkaziş punkti yopildi.
Finlandiya-Rossiya çegarasida muhojirlar soni köpayişi
Joriy yilning avgust oyidan buyon Finlandiyaning Rossiya bilan çegarasida Iroq, Suriya, Yaman, Somali hamda Yaqin Şarq va Afrikaning boşqa davlatlaridan boşpana izlovçilar soni keskin oşgan. Ularning aksariyatida Finlandiyaga kiriş uçun zarur bölgan hujjatlar yöq. Noyabr oyi boşidan beri Rossiya-Finlandiya çegarasida bunday muhojirlar soni 600 kişidan ortdi.
Petteri Orpo aytişiça, hozirgi vaziyatda «Rossiya uçinçi davlat fuqarolaridan şafqatsizlarça foydalanmoqda». «Bu odamlarni çegaraga siqib çiqarmoqda va ularga qaytişga ruxsat bermayapti», - dedi u. Şu bilan birga, Orpo çegarani butunlay yopiş Rossiya manfaatlariga töğri kelmasligini taʼkidladi. «Bu holat tugaşi barçaning manfaatiga xizmat qiladi. Finlandiyada yaşovçi rossiyaliklarning Rossiyaga bora olmasligi Rossiyaning özi manfaatiga töğri kelmaydi», deb taʼkidladi Finlandiya hukumati rahbari.









