Jahongir Otajonov partiyasining «nayranglari» haqida suratlar tarqaldi

Jahongir Otajonov partiyasining «nayranglari» haqida suratlar tarqaldi

Prezident böliş niyatida xalqqa murojaat qilgan Jahongir Otajonovning partiyasidagi şeriklari uni ustidan «iş» qilişyotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda suratlar tarqaldi.

Uşbu foto suratlar telegram ijtimoiy tarqmoğida ikki partiya aʼzosi örtasidagi özaro suhbatni Screenshot şakli ekanligi taʼkidlanmoqda. Ammo uşbu suhbatdoşlarning aniq şaxsi va bu suratlarni tarqatişdan maqsadi nomaʼlum.

Suratlarga köra, ulardan biri Ayubxon, ikkinçisi «Mahmud aka Professor» nomi bilan özaro suhbat ötkazişgan.

«Töğri, uniyam bizga yordami tegyapti, lekin köpçilik bizga işonmay qöyadida. Bu işlar öyinligini sezib qolişyapti», – deya Jahongir Otajonovning partiyaga qöşilişiga munosabat bildirgan suhbatdoşlardan biri.

Uşbu suhbat ostida izoh qoldirganlarning bir qismi suhbatdoşlarni laʼnatlagan bölsa, yana bir qismi suratlardagi gaplar atayin tarqatilganini taʼkidlagan.

«Men ham ikkita mansabdorni rasmini qöyib özim bilan özim yozişsammikan-a», – deya izoh qoldirgan foydalanuvçilardan biri.

Eslatib ötamiz, 2020 yilning dekabr oyida maşhur xonanda Jahongir Otajonov sanʼatdan ketganini maʼlum qildi.

22 yanvarda esa Otajonov prezidentga murojaat qilib, uni eng qoloq tumanga hokim etib saylaşni iltimos qildi.  Birozdan söng, Jahongir Otajonov yangi «Xalq manfaatlari» partiyasiga aʼzo bölganligi xaqida xabar berdi.

Manba: Aniq.uz

×