Keça, 7 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Farğonalik okaxonlarimizga bölaveradimi?" sarlavhasi ostidagi xabar paydo böldi. Unda IIBga tegişli maşina yöl harakati qoidasini qöpol ravişda buzgani haqida maʼlum qilingan.
Uşbu holat yuzasidan IIV YHXBB Axborot xizmati munosabat bildirdi.

Maʼlum bölişiça, Farğona viloyati IIB JTSBga tegişli bölgan Nexia rusumli, 40 312 VSF davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomobili yöl harakati qoidalarining 91-bandini buzgan. Yaʼni, suratda 1,4 (Töxtaş taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 “Töxtaş taqiqlangan” yöl belgisi bilan qöllaniladi hamda yölning qatnov qismi çetiga yoki yöl çetidagi tösiq ustidan çiziladi) yöl yotiq çiziği çizilgan joyda töxtab turganligi aks etgan.
Mazkur holat örganilgan. Uşbu maşina biriktirilgan Farğona viloyati IIB JTSB haydovçi xodimiga nisbatan belgilangan tartibda çora körilgan.









