Özbekistonning amaldagi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Islom diniga Birinçi Prezident Islom Karimovdan köra boşqaça qarayapti. Frantsiyada yaşayotgan özbekistonlik siyosatşunos Kamoliddin Rabbimov ikki davlat rahbarining Islom diniga munosabatini tahlil qilib, şunday fikrni bildirgan.
Rabbimov Prezident Mirziyoyev jamiyatning diniy ehtiyojlarini his qilayotgani, ularni qondiriş uçun davlat siyosati darajasida imkoniyat izlayotganini taʼkidlab ötgan.
“Toşkentda qurilayotgan “Islom tsivilizatsiyasi markazi” haqidagi reportajni kördim. Prezident Mirziyoyev bu markazga köp marta kelib, öz fikrlarini bildirib, qaraşlarini takrorlab kelyapti. Islom va musulmonlar borasida Mirziyoyev Karimovdan keskin farq qiladi.
Karimov jamiyatning dindorlik darajasi bilan kuraşib keldi, Islomni qoloqlik va hokimiyatga qarşilik körsatiş mafkurasi sifatida qabul qildi. Mirziyoyev esa, islom dinini jamiyatni ruhlantiriş, jipslaştiriş, erkinlaştiriş uçun vosita sifatida köryapti. Asosiysi, Islom özligi va anʼanaviyligidan hayiqmaydi. Faqat, dinning jamiyat taraqqiyotiga tösqin böladigan talqiniga rozi bölmaydi.
Bu maʼnoda, Mirziyoyev Islom va musulmonlar bilan kuraşişga moyil emas, balki barça erkin va taraqqiyotga moyil bölgan musulmon davlatlaridagi kabi, radikal talqinlarga qarşi. Karimovni dunyoqaraşi ateistik SSSRda şakllangan edi. Mirziyoyevni qaraşlari esa, köproq “perestroyka” va karimovça ziddiyatlar davrida şakllandi. Asosiysi, Prezident Mirziyoyev jamiyatning diniy ehtiyojlarini his qilyapti, ularni qondiriş uçun davlat siyosati darajasida imkoniyat izlayapti. Yaqinda qiz-juvonlarni öquv dargohlarida öranib yurişini himoya qiluvçi şaxsni Oliy taʼlim vaziri sifatida tayinlaşi ham, bu siyosatning unsurlaridan biri hisoblanadi”, degan siyosatşunos.
Rabbimov sözida davom etib, bahaybat qurilayotgan Islom tsivilizatsiyasi markazi mintaqada şu turdagi yagona muassasa ekaniga eʼtibor qaratgan. U Mirziyoyevning maqsadi Islomni nazorat qiliş va bostiriş emasligiga töxtalib ötgan.
“Prezident Mirziyoyevni qaraşlariga köra, bahaybat qurilayotgan Islom tsivilizatsiyasi markazi, butun Markaziy Osiyodagi şu yösindagi yagona muassasa bölişi kerak. Özbekistonning islom tsivilizatsiyasiga daxldorligini urğulovçi, jamiyatga islom madaniyati va maʼrifatina tarqatuvçi, istiqbolda bu borada strategik ğoyalar, loyihalar, yondaşuvlar işlab çiqiş uçun ham asosiy maydonça bölişi nazarda tutiladi.
Karimov ham “Özbekiston islom universiteti”ga asos solgandi, Putinni olib borib, dinni nazorat qiliş texnologiyasi bilan maqtangan edi. Lekin, Mirziyoyevni maqsadi – nazorat qiliş va bostiriş emas, haqiqiy islomiy maʼrifat, ilm va özlikni parvarişlaş ekanligi körinib turibdi”, degan Kamoliddin Rabbimov.
Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyev joriy yilning 29 yanvarida Islom tsivilizatsiyasi markazi qurilişini közdan keçirdi. Prezident markaz qurilişi böyiça tavsiyalarini berib ötdi. Şuningdek, markazning kelajakdagi roli haqida şunday dedi:
"Köpçilik öylaydi: nima uçun Prezident ikkita Renessansni esladi, deb. Bu - ğoya, kelajakdagi maqsadimiz. Mamlakatimiz intilayotgan marralar uçun tariximizdan ruhiy kuç olişimiz kerak-ku! Bu markaz Uçinçi Renessans poydevoridan biri bölişiga umid qilamiz. Çunki u ilmiy, dunyoviy, zamonaviy markaz böladi".









