Prezident Şavkat Mirziyoyev bugun Toşkent şahridagi Islom Karimov haykali poyiga gulçambar qöyib, Birinçi Prezidentimiz xotirasiga hurmat körsatdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Qurʼon oyatlari tilovat qilindi. Islom Karimovning ezgu işlari, olijanob insoniy fazilatlari yodga olindi.
Marosimda Prezident Administratsiyasi, parlament palatalari va hukumat aʼzolari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, ziyolilar, poytaxt jamoatçiligi iştirok etdi.
Birinçi Prezidentimizning Samarqand va Qarşi şaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qöyildi.


















