Otabek Umarov Özbekistonga qaytdi

Otabek Umarov Özbekistonga qaytdi

Prezident Şavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi Otabek Umarov Özbekistonga qaytdi. Bu haqda aktyor Dilşodbek Kattabekov özining Instagram sahifasida maʼlum qildi.

EFFECT.UZ

“Avvalo nima bölib ötgan bölsa ham, hammasi yaxşilikka deb qabul qiling. Hali yaxşi kunlar oldinda. Safimizga qaytganingiz bilan tabriklayman. Ramazon oyi sizga va butun Özbek xalqiga yana bir bor muborak bölsin”, – deb yozdi surat izohiga.

Taʼkidlab ötiş joiz, bir neça kun oldin Umarovning Özbekistonga qaytişini MMA jangçisi Murod Xontörayev ham tasdiqlagandi.

“Keça gaplaşdim, Otabek akam röza tutib, davolanib yotibdi. Yaqinda Özbekistonga keladilar. Hammasi yaxşi”- degan edi Xontörayev.

Eslatib ötamiz, Otabek Umarov 13 fevral kuni mototsiklni boşqarib ketayotib, Toşkentning Mustaqillik şoh köçasida, “Puşkin” metro bekati yaqinida “Epica” rusumli avtomobil bilan avtohalokatga uçraganidan söng, Janubiy Koreyaga davolaniş uçun ketgan edi.

Şuningdek, 2019 yilda Otabek Umarov Tesla avtomobili tezligini 201 kilometrgaça çiqargani köringan videoni Instagram’ning Stories bölimiga joylagandi.

Şundan söng Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 128−3-moddasi 3-qismiga (transport vositalari haydovçilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 40 kilometrdan ortiq kattalikda oşirib yuborganligi) asosan unga nisbatan 1,8 million söm qöllanilgan.

Otabek Umarovning qonun hamma uçun barobarligini bildirib, jarima kvitantsiyasi suratini ijtimoiy tarmoqda eʼlon qilgandi.

×