Özbekistonga kirib kelgan “Britança” koronavirus nimasi bilan xavfli?

Özbekistonga kirib kelgan “Britança” koronavirus nimasi bilan xavfli?

Ötgan yilning mart oyida Özbekistonga Xitoyda paydo bölgan yangi koronavirus infektsiyasi kirib kelgandi. Şundan söng, bir neça oy davomida qatʼiy karantin çeklovlari joriy qilindi. Odamlar “uy qamoğiga” olindi.

Bugunga kelib karantin çoralari ança yumşatilib, vaziyat yaxşilangan bölsa-da, dunyoning bir qator davlatlari singari ÖZbekistonga ham koronavirusning yangi, mutatsiyaga uçragan “britança” turi kirib keldi. Uşbu virus taxminlarga köra, ötgan 2020 yilning sentyabr oyida Buyuk Britaniyada paydo bölgan. Şu paytgaça dunyoning 60 dan ortiq davlatlarida qayd etilgan “britança” koronavirus bugundan boşlab Özbekistonda ham “mehmon”. 

Höş, koronavirusning “britança” turi eskisidan qanday farq qiladi?  Uşbu turning bolalarga taʼsiri va kasallik belgilari haqida nimalar maʼlum? Quyida uşbu savollarga javob topişga harakat qilamiz. 

“Britança” koronavirus tezkor tarqalişi rostmi?

Joriy yilning 8 yanvar kuni Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti mutaxassisi Mariya van Kerkxove koronavirusning “britança” turi tarqalişi borasidagi savollarga javob bergan.

“Bizdagi maʼlumotlarga köra, koronavirusning “britança” turi avvalgisiga qaraganda tezroq tarqaladi”, degan edi Mariya van Kerkxove.

Yangi mutatsiya qançalik xavfli?

Joriy yilning 22 yanvar kuni Buyuk Britaniya Boş vaziri Boris Jonson yangi turdagi uşbu koronavirus nafaqat tezkor, balki avvalgisiga qaraganda xavfliroq ekanini taʼkidlalagan. 

“Mutaxassislarimizning bizga maʼlum qilişiça, koronavirusning yangi turida ölim xavfi yuqoriroq. Quvonarli jihati şundaki, işlab çiqilgan vaktsinalar unga ham taʼsir qiladi”, deydi Britaniya Boş vaziri.

Bu mavzuga öz navbatida, Rossiyaning Töğridan-töğri investittsiyalar jamğarmasi rahbari Kirill Dmitriyev ham töxtalib ötib, Rossiya işlab çiqarayotgan “Sputnik V” vaktsinasi koronavirusning yangi turlariga qarşi kuraşa olişini taʼkidlagan. 

“Britança” koronavirusning dastlabki belgilari qanday?

Buyuk Britaniya Milliy statistika qömitasining maʼlumotlariga köra, “britança” koronavirus simptomlari COVID-19 nikiga öxşaşdir. Yangi turdagi ştammga çalingan bemorlar qöyidagilardan şikoyat qilgan:

•  Baʼzilarda tana harorati sezilarli darajada yuqori bölgan, boşqa bemorlarda tana harorati normal darajada saqlanib qolgan;

•  yötal asosan quruq bölib, bemorlar kuçli tomoq oğriğidan şikoyat qilmagan;

•  boş oğriği va hid bilmaslik kuzatilgan.

Şuningdek, britaniyalik olimlar yangi virusning öziga xos bölgan uçta jihatini aniqlagan. Bular: muşak va suyakda oğriq, kuçli çarçoq va oyoqda pufakçalarning paydo bölişi.

“Britança” koronavirus va bolalar 

Özbekistonda Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi aʼzosi Botir Qurbonov iştirokida ötkazilgan brifingda “britança” koronavirus bolalarda biroz boşqaça alomatlar bilan keçişi taʼkidlandi. Uşbu brifingda bolalarda kuzatilayotgan yangi ştammning 5 ta alomat maʼlum qilingan. 

Taʼkidlanişiça, kasal bolalarning aksariyati çarçoqdan aziyat çekadi. Infektsiyani yuqtirgan çaqaloqlarda tez-tez yiğlaş holatlari uçraydi.

Kasallangan bolalarning yarmidan köpi (53 foizi) boş oğriğidan şikoyat qilgan. Şu bilan birga, ularda qorin oğriği ham kuzatilmoqda. Şuning uçun, şifokorlar ota-onalarga qorin böşliğidagi noqulaylik bilan bir vaqtda paydo böladigan boş oğriği bor-yöqligini bolalaridan sörab turişlarini maslahat beradi.

Yana bir alomat – 37 darajadan yuqori isitma. U koronavirusning “britança” ştammi bilan oğrigan bolalarning deyarli yarmida uçragan

Bundan taşqari, kasallanganlarning taxminan 35 foizi iştahani yöqotganini aytgan. Mutaxassislarning fikriga köra, köpinça bir yoşga tölmagan çaqaloqlar bunga duç kelişadi. Şuning uçun ular ota-onalarga taomni kiçikroq qismlarga bölib, bolalarni kam portsiya bilan, ammo tez-tez ovqatlantirişni maslahat beradi.

Özbekiston “britaniyalik mehmon”ni kutib olişga tayyormidi?

Özbekiston ötgan yilning 22 dekabr sanasidayoq bir qator davlatlar bilan aviaqatnovlarni töxtatgan edi. Söngra, joriy yilning 29 yanvarida Respublikaga kiriş uçun qöyilgan çeklovlar 1 martga qadar uzaytirildi. 

Bunga sabab sifatida ayrim xorijiy mamlakatlarda yangi koronavirus infektsiyasi aniqlaniş holatlari soni tubdan oşib ketib, epidemiologik vaziyat keskin yomonlaşuvi körastilgan.

Undan taşqari, yangi virus bilan boğliq vaziyat jiddiylaşgan davlatlarda sönggi 14 kun davomida bölgan holda uçinçi davlatlar orqali kelayotgan Özbekiston Respublikasining fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar 14 kun davomida vaqtinçalik karantinga olinişi tartibi davom joriy etilgan.

×