Sönggi bir haftada Özbekistonga dunyoning 12 davlatidan 12 mingdan ziyod yölovçi kirib kelgan bölsa, şulardan 21 nafarida koronavirus infektsiyasi aniqlangan. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.
Kompaniya 2020 yil 25 dekabrdan boşlab, Özbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça Respublika maxsus komissiyasining 55-sonli bayoniga muvofiq, mamlakatga kirib kelayotgan barça şaxslarning öz hisobidan çegara punkti hududida koronavirus antigenini aniqlaş uçun ekspress test oliş tartibi joriy qilinganini eslatgan.
Maʼlum qilinişiça, Toşkent xalqaro aeroportida ekspress test oliş jarayonlarini ikki tomonlama imzolangan şartnomaga asosan “Tibbiyot dunyosi” MÇJ amalga oşirmoqda. Ekspress test narxlari mazkur taşkilot örnatgan taʼriflarga binoan 25-28 dekabrga qadar 150 ming sömdan, 28 dekabrdan to bugungaça 95 ming söm, talabar uçun 50 ming söm miqdorida belgilangan.
“Maxsus komissiya körsatmasiga köra, aeroportdan uçib ketiş vaqtida PZR testi olinadi, Özbekistonga uçib kelinganda ekspress test olinadi. Tahlil natijalari 10 daqiqa mobaynida pasportlarga ştrix kodlarini qöyiş orqali maʼlum qilinadi”, deyiladi kompaniya xabarida.
Virus aniqlangan holatda SES mutaxassislari tomonidan fuqarolar tegişli hududda joylaşgan koronavirus infektsiyasini davolaşga ixtisoslaşgan muassasalarga joylaştiriladi yoki uy şaroitida davolanişga yönaltiriladi.
Şuningdek, Özbekistonga koronavirus va yangi ştammining kirib kelişi hamda tarqalişining oldini oliş yuzasidan körilayotgan uşbu çora-tadbirlarda PZR-testining manfiy natijasi töğrisida yölovçilarda tahlil natijalari mavjudligidan qatʼiy nazar ulardan tegişli tartibda majburiy ekspress test olinişi belgilab qöyildi.
Köp örinli samolyotlar (jumladan 260 örinli havo kemasi)dagi yölovçilarni kutib olişda tirbandlikning oldini oliş maqsadida yölovçilar oqimini terminalning 3 ta joyidagi test oliş tibbiyot qismlariga yönaltiriş taşkil qilingan.
Fuqarolarning parvozdan bir neça kun avvaldan PZR-testini topşiriş böyiça buyurtma berişlari ham mumkin.
Qayd etilişiça, aeroportning birgina uçib keliş zalida 4 ta bankomat va 2 ta valyuta ayirboşlaş şoxobçalari mavjud bölib, ularning muntazam faoliyat olib borişi taʼminlangani sabab, pul ayirboşlaşda muammo kuzatilmaydi.









