Dunyo böyiça koronavirus COVID-19 infektsiyasini yuqtirib olgan 951 901 nafarni taşkil etmoqda. Virusdan bugungaça 48 284 kişi vafot etdi, 202 342 kişi soğaydi. Özbekistondagi sönggi maʼlumotlar esa uşbu virusn yuqtirib olgan 190 nafar ekanini körsatmoqda.
Maʼlumki, mamlakatda koronavirus bilan boğliq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi uşbu virus 11 mart kuni Frantsiyaning Parij şahridan qaytgan ayolda aniqlanganini oçiqladi. Keyinroq Turkiya va BAAdan qaytganlarda ham uşdu virus aniqlangani aytildi. Biroq, çet eldan uşbu infektsiyani yuqtirib keliş faqat yuqoridagi uç mamlakat bilan boğliq emas.
Özbekistonda koronavirus aniqlangan 190 nafar bemorning 72 nafari kasallikni çet eldan yuqtirib kelgan. Xöş, bu qaysi mamlakatlar? Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi uşbu maʼlumotlarni oçiqladi.
Unga köra:
- Frantsiyadan kelgan 1 kişida;
- Turkiyadan kelgan 37 kişida;
- Angliyadan kelgan 3 kişida;
- Saudiya Arabistonidan kelgan 1 kişida;
- Rossiyadan kelgan 26 kişida;
- Qirğizistondan kelgan 2 kişida;
- BAAdan kelgan 1 kişida;
- Şveytsariyadan kelgan 1 kişida koronavirus infektsiyasi aniqlangan.
Uşbu mamlakatlarda koronavirus bilan boğliq vaziyat esa quyidagiça:
- Frantsiya – 57 780 bemor – 4 032 ölim – 11 055 soğayganlik;
- Turkiya – 15 679 bemor – 277 ölim – 333 soğayganlik;
- Angliya – 29 872 bemor – 2 352 ölim – 179 soğayganlik;
- Saudiya Arabistoni – 1 720 bemor – 16 ölim – 264 soğayganlik;
- Rossiya – 3 548 bemor – 30 ölim – 235 soğayganlik;
- Qirğiziston – 116 bemor – ölim yöq – 5 soğayganlik;
- BAA – 814 bemor –8 ölim – 61 soğayganlik;
- Şveytsariya – 18 117 bemor – 505 ölim – 4 013 soğayganlik holati qayd etilgan.
Özbekistonda esa koronavirus çalingan bemorlardan 12 nafari kasallikdan foriğ böldi, 2 kişi vafot etdi.
Qadrli yurtdoşlar, karantin davrida zarurat bölmasa, köçaga çiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida ötkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
Qalampir.uz Tahririyati









