Tajriba-sinov loyihasi doirasida ayrim tuman (şahar) markaziy şifoxonalarida şifokorlarning oylik lavozim maoşlari 20 foizga oşiriladi. Bu haqda joriy yilning 19 may kuni qabul qilingan “Respublikada soğliqni saqlaş tizimini va aholiga tibbiy xizmat körsatiş tamoyillarini takomillaştiriş orqali sohani isloh qilişni izçil davom ettiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident farmonida söz boradi.
Unga köra, aholiga birlamçi tibbiy-sanitariya yordami körsatişning yangi tizimini joriy etişning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- xalqaro tajribaga asoslangan aholiga birlamçi tibbiy-sanitariya yordami körsatişning yangi modelini joriy qiliş;
- aholiga tibbiy yordam körsatişda oilaviy şifokor uluşini 70 foizga yetkaziş;
- soğliqni saqlaş tizimini raqamlaştiriş hamda tibbiyotda qoğozbozlikni kamaytiriş orqali tibbiyot xodimlari iş yuklamasini 30 foizgaça kamaytiriş.
2025 yil 1 iyuldan mazkur farmonda belgilangan tuman (şahar)larda, 2026 yil 1 yanvardan Samarqand viloyatining barça tuman (şahar)larida tajriba-sinov tariqasida soğliqni saqlaş tizimini taşkil etişning yangi modeli (tajriba-sinov loyihasi) joriy qilinadi.
Tajriba-sinov loyihasi doirasida tuman (şahar) tibbiyot birlaşmalari negizida tuman (şahar) soğliqni saqlaş bölimlari taşkil etiladi.
Farmonga köra, tajriba-sinov loyihasi doirasida birlamçi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari bazaviy tarif stavkalariga quyidagi miqdorlarda qöşimça ustamalar tölanadi:
- sayyor tibbiy xizmat körsatuvçi tibbiyot xodimlariga oylik lavozim maoşi yoki bazaviy tarif stavkasining 50 foizi miqdorida;
- tibbiyot brigadasiga belgilangan meʼyorlardan 10 foiz ortiqça qöşimça biriktirilgan aholining har biri uçun mehnatga haq tölaş eng kam miqdorining 0,3 foizi miqdorida – şaharlarda, 0,5 foizi miqdorida – tumanlarda;
- oila salomatligi böyiça maxsus öquv dasturi asosida taşkil etiladigan kurslarning barça bosqiçlarini muvaffaqiyatli tugatgan tibbiyot xodimlari uçun sertifikatga muvofiq bazaviy tarif stavkasining 100 foizi miqdorida.
Tajriba-sinov loyihasi doirasida tuman (şahar) markaziy şifoxonalarida şifokorlarning oylik lavozim maoşlari – 20 foiz, örta tibbiyot xodimlarining oylik lavozim maoşlari – 10 foiz miqdorida oşiriladi.
Tajriba-sinov loyihasi doirasida oilaviy poliklinikalar va tuman (şahar) markaziy şifoxonalarining tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uçun faoliyat samaradorligi körsatkiçlari (KPI) asosida oylik lavozim maoşining 100 foizigaça miqdorda ustama joriy etiladi.
Şuningdek, farmon bilan tajriba-sinov loyihasi doirasida tuman (şahar) soğliqni saqlaş bölimlari va tibbiyot muassasalarida:
- rahbarlar uçun tibbiyotni boşqariş (menejerlik) böyiça öquv dasturi yölga qöyiladi;
- öquv dasturi yakuni böyiça sertifikatga ega bölgan rahbarlarga oylik lavozim maoşining 100 foizi, rahbar örinbosariga – 80 foizi hamda boş hamşiraga – 50 foizi miqdorida ustama tölanadi;
- rahbar xodimlar uçun faoliyat samaradorligi körsatkiçlari (KPI) belgilanadi hamda oylik lavozim maoşining 100 foizigaça miqdorda ustama joriy etiladi;
- 1 yil davomida faoliyat samaradorligi körsatkiçlarida (KPI) ijobiy (56 foizdan yuqori) natijalarga erişmagan rahbar xodimlar lavozimidan ozod qilinadi.
Tajriba-sinov loyihasi doirasida hududiy darajadagi tibbiyot muassasalari Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan belgilanadigan röyxatga muvofiq taşkiliy, boşqaruv va moliyaviy jihatdan birlaştirilib köp tarmoqli şifoxonalarga aylantiriladi.









