1 fevraldan kimlarning pensiyalari oşirildi?

1 fevraldan kimlarning pensiyalari oşirildi?

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 dekabrdagi «Özbekiston Respublikasining «2021 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat byudjeti töğrisida»gi Qonuni ijrosini taʼminlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-4938-son qarori qabul qilingandi.

Unga köra, 2021 yil 1 fevraldan boşlab byudjet muassasalari va taşkilotlari xodimlarining iş haqi hamda stipendiyalar miqdori 1,1 barobarga oşiriladi.

Qarorga asosan 2021 yil 1 fevraldan boşlab Özbekiston Respublikasi hududida:

  • mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori – oyiga 747 300 söm;
  • bazaviy hisoblaş miqdori – 245 000 söm;
  • Bola ikki yoşga tölgunga qadar bola parvarişi böyiça nafaqa - 434 000 söm;
  • Kam taʼminlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam -  326 000 dan 653 000 sömgaça
  • 14 yoşgaça bolalari bölgan oilalarga nafaqa
    • ​bitta bolali oilalarga – 144 100 söm
    • ikkita bolali oilalarga – 238 700 söm
    • uçta va undan ortiq bolali oilalarga - 334 400 söm
  • Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam - 434 000 dan 1 085 000 sömgaça oşirilişi belgilandi.

Bundan taşqari joriy yilning 1 fevralidan faxriy unvoniga ega pensionerlar uçun tölov miqdori Qarorga asosan 1.1 barobarga oşirildi.

Maʼlumot uçun: 

Uşbu qaror 2021 yil 1 fevraldan iş haqi 10 foizga oşirilişi haqida: Bu Prezidentning «2021 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat byudjeti töğrisida»gi Qonuni ijrosini taʼminlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorida közda tutilgan.Uşbu qarorda, avvalo, 2021 yilgi davlat byudjetini ijroga qaratiş bilan boğliq.

Mavjud anʼanaga köra, hali pensiya va nafaqa miqdorini oşiriş böyiça davlat rahbarining alohida farmon yoki qarori çiqişi lozim.

«Nega pensiyalar oşirilmayapti?» degan savollarga keladigan bölsak, pensiyalar koronakrizis paytida, aniqroği 2020 yilning 1 sentyabridan oşirilgan edi. U paytda byudjet xodimlari oyliklari oşişi muzlatib qöyilgan edi, – deyiladi Pensiya jamğarmasi matbuot xizmati xabarida.

×