1 fevraldan qonunçilikda nimalar özgaradi?

1 fevraldan qonunçilikda nimalar özgaradi?

2021 yil 1 fevraldan boşlab Özbekiston qonunçiligida röy beradigan ayrim özgarişlarni eslatib ötadi.

Byudjet taşkilotlari xodimlarining iş haqi, jarimalar hamda stipendiyalar miqdori oşiriladi

Prezident qaroriga köra, byudjet muassasalari va taşkilotlari xodimlarining iş haqi hamda stipendiyalar miqdori 1,1 barobarga oşiriladi.

Şuningdek, 2021 yil 1 fevraldan boşlab Özbekiston Respublikasi hududida:

  • mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori — oyiga 747 ming 300 söm;
  • bazaviy hisoblaş miqdori (BHM) — 245 ming söm etib belgilandi.

BHM miqdori 245 ming söm etib belgilanişi ortidan BHMga boğlangan maʼmuriy va boşqa jarimalar miqdorlari ham oşadi.

Viloyatlar markazlarida tuğilganlikni qayd etiş bilan boğliq kompleks davlat xizmatlarini körsatiş boşlanadi

“Tuğilganlikni qayd etiş bilan boğliq kompleks davlat xizmatlarini körsatişning maʼmuriy reglamentini tasdiqlaş töğrisida”gi Hukumat qaroriga muvofiq, tuğilganlikni qayd etiş bilan boğliq kompleks davlat xizmatlari Toşkent va Nukus şaharlarida, 2021 yil 1 fevraldan barça viloyatlar markazlarida, 2021 yil 1 sentyabrdan boşlab esa — butun respublika hududida körsatiladi.

Maʼlumot uçun, tuğilganlikni qayd etiş bilan boğliq kompleks davlat xizmatlari:

  • bolaning ota-onasi yoki vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi, ularning örnini bosuvçi şaxslar yoki ularning yaqin qarindoşlariga yoxud ota-onasidan biri vakolat bergan boşqa şaxslarga tuğilganlik haqidagi tibbiy maʼlumotnoma beriş;
  • tuğilganlikni qayd etiş;
  • poliklinikaga hisobga qöyiş;
  • bir martalik nafaqa pulini oliş;
  • bolani otasi yoki onasi yohud vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi doimiy röyxatda turgan manzili böyiça röyxatga qöyiş;
  • bolani davlat maktabgaça taʼlim taşkilotiga navbatga qöyiş böyiça körsatiladigan davlat xizmatlarini qamrab oladi.

Eksportni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlari hisobidan eksportçi taşkilotlarga eksportoldi moliyalaştiriş ajratiladi

“2021 yilda Özbekiston Respublikasining eksport salohiyatini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qaroriga muvofiq, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi Eksportni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlari hisobidan eksportçi taşkilotlarga eksportoldi moliyalaştiriş ajratilişini taʼminlaydi.

Bir qator neft mahsulotlariga soliq stavkalari oşiriladi

Özbekiston Respublikasining 2020 yil 30 dekabrdagi ÖRQ-659-sonli Qonuniga asosan quyidagi bir qator neft mahsulotlariga soliq stavkalari oşiriladi:

  • Ai-80 tonnasiga ;
  • Ai-90 va undan yuqori;
  • aviakerosin (sintetikdan taşqari);
  • dizel yoqilğisi (sintetikdan taşqari);
  • EKO dizel yoqilğisi (sintetikdan taşqari);
  • dizel yoki karbyurator (injektor) dvigatellari uçun motor moyi.

Bundan taşqari, Qonun bilan tamaki va alkogol mahsulotlarining ham soliq stavkalari oşiriladi.

Sudyalikka nomzodlar imtihoni Internet tarmoğida onlayn yoritiş tartibi amalga kiradi

Prezident farmoniga muvofiq, sud tizimida korruptsiya holatlarining oldini oliş, Sudyalar oliy kengaşi va sud tizimi faoliyatida oçiqlik va şaffoflikni taʼminlaş borasida:

  • ilk bor sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlaş böyiça imtihon jarayonlarini Internet tarmoği (veb-sayt) orqali onlayn tarzda yoritib borişni yölga qöyiş;
  • sudyalik lavozimiga nomzodlar va sudyalarning psixologik portreti böyiça kasbga munosibligini baholaşga kömaklaşuvçi elektron dasturni işlab çiqiş va joriy qiliş;
  • sudya faoliyatining samaradorligini elektron reyting orqali oçiq va şaffof baholaşni taʼminlaydigan aniq mezonlarni işlab çiqiş va amaliyotga tatbiq etiş işlari amalga oşiriladi.

Şuningdek, 1 fevraldan Özbekiston Respublikasi bojxona çegarasi orqali ipak çiqindilari va xom ipakning olib çiqilişini monitoring qiliş tartibi töğrisidagi nizom kuçga kiradi.

×