Xorazmda fuqaro özini bino tomidan taşlamoqçi böldi

Xorazmda fuqaro özini bino tomidan taşlamoqçi böldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Hazorasp tumanida fuqaro köp qavatli binodan özini taşlamoqçi bölgani haqida video tarqaldi. 

Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati maʼlumotiga köra, voqea joriy yilning 23 yanvar kuni soat 13:30 larda Hazorasp tumani tibbiyot birlaşmasida sodir bölgan.

Hazorasp tumanida yaşovçi, 1977 yil tuğilgan şaxs tibbiyot birlaşmasi tomiga çiqqan. Özini tomdan taşlamoqçi bölgan şaxs tibbiyot birlaşmasi xodimlari tomonidan pastga olib tuşilgan. 

Qayd etilişiça, u özining xatti-harakatlarini anglay olmaydigan  darajada kuçli mast holatida bölgan. Fuqaro oila aʼzolari hamrohligida qöyib yuborilgan.  

Hozirda Hazorasp IIB tomonidan şaxsning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriş uçun suriştiruv işlari olib borilmoqda.

×