Şu hafta içida uçta katta asteroid Yerning yonidan uçib ötadi

Şu hafta içida uçta katta asteroid Yerning yonidan uçib ötadi

NASA Yer yaqinidagi obʼektlarni örganiş markazining xabar berişiça, şu hafta oxiriga qadar kattaligi 100 metrgaça keladigan bir neçta asteroid Yerning yonidan uçib ötadi.

Markaz tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga köra, 28 yanvar kuni 2021 BZ asteroidi Yerdan taxminan 2,2 million kilometr uzoqlikda ötib ketadi. Uning ölçamlari — 29 — 65 metrgaça. U Toşkent vaqti bilan taxminan soat 9:12 larda Yerga yaqinlaşadi.

Sal kattaroq 2021 AG7 asteroidi (47 — 110 metrgaça) esa juma kuni Yerning yonidan uçib ötadi. Kutilayotgan parvoz vaqti — Toşkent vaqti bilan 13:50 lar. Örtadagi masofa Yer bilan Oy örtasidagi masofadan 11 barobar uzoqroq. 29 yanvardan 30 yanvarga ötar keçasi Toşkent vaqti bilan soat 00:37 da Yerdan yanada uzoqroq masofada ölçamlari 24 — 53 metrgaça bölgan kiçikroq 2021 AF7 asteroidi ötib ketadi.

Yana ikkita 2021 AL va 2021 BD3 asteroidlari esa bugun sayyoramizning yonidan uçib ötdi. Ulardan kiçikroği (19 — 43 metrgaça) Toşkent vaqti bilan soat 14:58 da, kattaroği esa Toşkent vaqti bilan 6:01 larda qayd etildi. Uning ölçamlari — 67 metrgaça.

×