Noyabr oyining örtalarida diametri 170 dan 380 metrgaça bölgan potentsial xavfli 2004 UE asteroidi Yer yaqinidan uçib ketadi. Bu haqda NASA maʼlumotlariga tayanib xabar berilgan.
Taʼkidlanişiça, kattaligi uçta futbol maydoniga teng keladigan asteroid joriy yilning 13 noyabr kuni Yerga minimal masofada yaqinlaşadi.
Amerika agentligining hisob-kitoblariga köra, asteroid sayyoramizdan 4 million kilometr uzoqlikda uçib ötadi, bu Yerdan Oygaça bölgan 11 dan ortiq masofani taşkil etadi.
2004 UE asteroidi Apollon guruhining bir qismi bölib, parvoz yöllari Yer orbitasi bilan kesişadigan potentsial xavfli asteroiddir. Asteroidning birinçi kuzatuvi 2004 yilga töğri keladi. Keyingi safar asteroid 2051 yilda Yerga yaqinlaşadi.









