Belarusda davlatga xiyonat qilgan amaldorlarga nisbatan ölim jazosini qöllaş imkoniyatini közda tutuvçi qonun kuçga kirdi. Bu haqda TASS naşri xabar berdi.
“Jinoyat javobgarligi töğrisidagi kodekslarga özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi Vazirlar Kengaşi tomonidan 2022 yil oktyabr oyi oxirida Belarus Milliy Assambleyasining Vakillar palatasiga (quyi palata) taqdim etilgan. U dekabr oyi boşida birinçi öqişda, 2023 yil fevral oyi oxirida ikkinçi öqişda qabul qilingan.
Şu yilning fevral oyi oxirida hujjat Respublika kengaşi (yuqori palata) tomonidan maʼqullangan, 9 mart kuni esa Belarus fuqarosi Aleksandr Lukaşenko tomonidan imzolangan.
Normativ hujjat 14 mart kuni milliy-huquqiy internet portalida eʼlon qilingan va oradan 10 kun ötib kuçga kirdi.
Qonun bilan Belarus Jinoyat kodeksining 356-moddasi 2-qismidagi “Davlatga xiyonat” bobiga özgartiriş kiritildi. Unda davlat lavozimini egallab turgan mansabdor şaxs tomonidan davlatga xiyonat qilganlik uçun umrbod ozodlikdan mahrum qiliş yoki ölim jazosi tarzidagi jazoni qöllaş imkoniyati közda tutilgan.
Eslatib ötamiz, Belarus fuqarosi Aleksandr Lukaşenko davlat xizmatçilariga davlatga xiyonat qilganlik uçun ölim jazosi hamda Qurolli Kuçlarni obrösizlantiriş uçun jinoiy javobgarlikni joriy qiluvçi qonunni imzolagani haqida xabar berilgan edi.
Javohir Qadamov
qalampir.uz









