UzReport telekanali tasvirçisi: "Sud çiqargan hukmdan noroziman"

UzReport telekanali Davlat yöl harkati xavfsizligi xizmati bilan hamkorlikda «No Comment» dasturini tayyorlaş maqsadida Çilonzor tumanidagi YHTni tasvirga oliş vaqtida tasvirçiga qarşilik körsatilgan. Holat yuzasidan sudga yuborilgan işda voqea butunlay boşqaça aks ettirilgani sabab telekanal tasvirçisi sud hukmidan norozi. Bu haqda "Daryo" yozmoqda.

Maʼlum qilinişiça, 2020 yilning 13 sentyabr kuni Çilonzor tumani Muqimiy köçasida röy bergan yöl-transport hodisasini tasvirga olmoqçi bölgan UzReport telekanali operatoriga YTHga töğridan-töğri aloqasi bölmagan bir neça fuqaro tösqinlik qilgan.

Eʼlon qilingan videodan köriş mumkinki, ikki nafar fuqaro haqoratli sözlarni işlatib, telekanal operatoriga taşlanib qolgan. Taʼkidlanişiça, mazkur fuqarolarning agressiv xatti-harakati oqibatida telekanal kamerasi yaroqsiz holga kelgan.

«Har bir kerakli bölgan holatni tasvirga olişim kerak, bu mening vazifam. Tasvirga olayotganimda ular buni tuşunmasdan, menga tahdid qilişdi va voqea joyida özlarining xatti-harkatlari bilan kameramni yaroqsiz holatga keltirişdi», — deydi telekanal tasvirçisi Fayoz Baxtiyorov.

Holat yuzasidan tajovuzkor fuqarolarga çora körişni sörab UzReport telekanali tasvirçisi IIOga ariza yozgan. Keyinçalik Çilonzor tumani Maʼmuriy sudining 23 sentyabrdagi iş böyiça qarori eʼlon qilingan.

«Sud çiqargan hukmdan noroziman. Çunki u yerda meni köçada ketayotganimda ikki nafar fuqaro bilan janjallaşganim haqida yozilgan, lekin men undan qoniqmayman. Arizamda ham xizmat vazifamni bajarayotganimda menga tahdid qilişgani, kameramni sidirişgani haqida yozganman», — deydi jabrlanuvçi.

Voqea joyida bölgan içki işlar uçastka nozirining sudga taqdim etgan bayonnoma, ariza va bildirgilarida işning bayoni butunlay boşqa körinişda bölgan. Bu keyinçalik DYHX xodimi Qahramon Xudoyberganov va uçastka noziri örtasida bölib ötgan muloqotda ham aks etgan. U yerda körsatuv ijodkorlari öz xizmat vazifalarini bajarayotgan vaqtda fuqarolar tomonidan hujumga uçraganini hujjatlarda rasmiylaştirilayotganini köriş mumkin. Lekin nozir vaziyatni tajovuzkor fuqarolar tomoniga yumşatişga uringanini, bu harakatini esa turli asossiz bahonalar bilan izohlaşga uringan.

«Sud qarorida voqea tafsiloti umuman boşqaça bayon etilgan. Yaʼni qarorning bayon qismida fuqarolar Çilonzor tumani hududida bir-birlari uruşib, jamoat tartibini buzgani aniqlangan deb körsatilgan. Aslida voqea tafsiloti umuman boşqaça bölgan», — deydi telekanal yuristi Mirzohid Ğaniyev.

UzReport telekanali asl tafsilot sudga taqdim etilgan bayonnomalarda nega aks etmagani, işni rasmiylaştirib olgan uçastka nozirlari nima sababdan bu kabi iş tutgani, prokuratura, IIV va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlaridan izoh talab qilgan.

×