Ijtimoiy tarmoqlarda 14 yanvar kuni yarim tunda Tojikiston Respublikasi hududida joylaşgan Qayroqqum suv omborining yorilişi natijasida suv toşqini sodir bölganligi töğrisida yolğon xabarlar tarqaldi. FVV ham bu xabarlar asossiz ekanligini tasdiqladi.
Biroq yaqinda toqşindan jiddiy zarar körgan Sardoba, Mirzaobod, Oqoltin tumanlari aholisi orasida tezda vahima tarqaldi. Ayrimlar öz yaşaş hududini tark etişga oşiqqani holatlari ham kuzatildi.
Bundan xabar topgan viloyat hokimi uşbu tumanlarga yetib bordi.
Ğofurjon Mirzayev bu kabi xabar tarqalişiga xeç qanday asoslar mavjud emasligini bildirgan. Aholini yolğon miş-mişlarga işonmaslikka va sarosimaga tuşmaslikka çaqirgan.









