Joriy yilning 3 sentyabr kuni soat 01:30larda Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida yaşagan 31 yoşli Ş.N. öz boşqaruvidagi Lacetti rusumli avtomaşinani Töraqörğon tumanidan ötuvçi “Pungon-Namangan” yölining 69-km.da haydab ketayotib, boşqaruvni eplay olmay yölni ikkiga ajratib turuvçi beton tösiqqa urilib, yöl-transport hodisasini sodir etgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi xabar bermoqda.
Natijada haydovçi Ş.N. va avtomaşinada yölovçi sifatida ketayotgan, “Obod” mahallasida yaşagan 31 yoşli O.A. hamda “Movarounnahr” mahallasida yaşovçi 27 yoşli B.N. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan, körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay haydovçi Ş.N. va O.A. şu yerda vafot etişgan.
Ayni paytda holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.









