Şvetsiyaning Upsala universiteti bioyonilğining yangi turini patentladi. Bu haqda «Sveriges Radio SR» radiosiga tayanib "Xabar" naşri maʼlum qilmoqda.
Yangi turdagi bioyonilğini faqat yoruğlik, suv va karbonat angidriddan oziqlanuvçi fotosintezlovçi bakteriyalar işlab çiqaradi. Bular, asosan, kök-yaşil suv ötlari deya nom olgan tsianobakteriyalardir.
Bu bakteriyalar ösişi davomida ekologik toza yonilği — butanol moddasini işlab çiqaradi. Butanol bir atomli spirt hisoblanadi. Bu yonilğining qöllaniş sohalari juda keng.
Uşbu loyihani juda istiqbolli deyişmoqda: juda keng miqdorda işlab çiqariş yölga qöyilsa havoning karbonat angidriddan zaharlanişi pasayadi. Şved olimlarining işlanmasiga köplab avtokontsernlar, xususan, «Volkswagen» qiziqiş bildiryapti.









