Dunyoda 1 mln turdagi ösimlik va hayvon yöq bölib ketiş arafasida – BMT

Dunyoda 1 mln turdagi ösimlik va hayvon yöq bölib ketiş arafasida – BMT

Butun dunyo böylab 1 millionga yaqin ösimlik va hayvon turlari yöq bölib ketiş xavfi ostida turibdi. Bu haqda bugun, 22 may “Xalqaro biologik xilma-xillik kuni”da Birlaşgan Millatlar Taşkiloti xabar berdi.

Maʼlumotlarga köra, biologik xilma-xillik insoniyat uçun beqiyos qadriyat bölişiga tobora köproq eʼtibor qaratilayotganiga qaramay, inson faoliyati oqibatida u jadal surʼatlarda kamayişda davom etmoqda. Xususan, butun dunyo böylab 1 millionga yaqin ösimlik va hayvon turlari yöq bölib ketiş arafasida.

“Biologik xilma-xillik – bu hayot asosidir, barqaror rivojlanişning poydevoridir”, dedi BMT Boş kotibi Antoniu Guterriş uşbu kun munosabati bilan qilgan murojaatida.

Ammo uning aytişiça, insoniyat biologik xilma-xillikni çaqmoqdek tezlikda yöq qilmoqda. Buning sabablari: atrof-muhitning ifloslanişi, iqlim inqirozi, ekotizimlarning yemirilişi va qisqa muddatli manfaatlar taʼqibi.

“Biologik xilma-xillikning yöqolişi global muammodir va uni heç bir davlat qançalik boy yoki qudratli bölmasin, yolğiz özi hal qila olmaydi. Şu bilan birga, heç bir mamlakat boy biologik xilma-xilliksiz yaşay olmaydi”, deydi Antoniu Guterriş.

U işlab çiqariş va isteʼmolga bölgan yondaşuvlarni tubdan özgartirişga, şuningdek, Kunming-Monreal global biologik xilma-xillik dasturini töliq amalga oşirişga çaqirmoqda.

Uşbu dasturda 2050 yilgaça tabiiy resurslar yöqolişini töxtatiş va bu jarayonni orqaga qaytarişga qaratilgan aniq maqsad va vazifalar belgilangan.


Teglar:
×