Diqqat! Haydovçilar uçun qöşimça daromad işlaş manbai yaratildi

Diqqat! Haydovçilar uçun qöşimça daromad işlaş manbai yaratildi

Vazirlar mahkamasining 2018 yil 747-sonli qarori bilan fuqarolar tomonidan yöllarda harakat xavfsizligini  taʼminlaşga öz hissalarini qöşiş imkoniyat yaratildi. Yaʼni fuqarolar özlarining şaxsiy maşinalariga örnatilgan videoregistratorlar orqali yöllarda harakatlaniş davomida qayd etilgan qoidabuzarliklarni maxsus www.ejarima.uz veb saytiga yuboradi. Bu haqda Effect.uz axborot agentligining Farğonadagi muxbiri Elyor Tojiboyev maʼlum qildi.

Saytga yuborilgan qoidabuzarliklar qayd etilgan videolar YHXning maxsus xodimlari tomonidan tekşirib çiqiladi va tasdiqdan ötsa, aniqlangan qoidabuzarlik böyiça maʼmuriy huquqbuzarlik töğrisidagi qaror haydovçining yaşaş manziliga avtomat ravişda yuboriladi.

“Uşbu tizimni işlab çiqişdan maqsad yöllarda harakat xavfsizligini taʼminlaş jarayonida keng jamoatçilik iştirokini oşirişdan iborat. Har bitta yuborilgan huquqbuzarlik tasdiqlanib, öz istagi bilan maşinasida örnatilgan videoregistratorlar orqali huquqbuzarlikni qayd etib, uni maxsus saytga yuboradigan fuqarolar oramizda köpayişini istardik”, deydi Farğona viloyati IIB YHXB axborot xizmati rahbari Elbek Qobilov.

Ayni vaqtda uşbu tizim Özbekistonning qaysi hududlarida amal qilişi haqida maʼlumot berilmagan. Har bitta tasdiqlangan huquqbuzarlikni qayd etgan fuqaroga taxminan 11 ming sömdan pul ajratib beriladi.

Manba: Effect.uz

×