Mardikorga salom bermagan erkak piçoqlandi

Mardikorga salom bermagan erkak piçoqlandi

Joriy yilning 4 yanvar kuni Toşkent viloyati Bekobod şahridagi markaziy buyum bozorida piçoqbozlik yuz berdi. Bu haqda Içki işlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti Matbuot xizmati xabar qildi.

Maʼlum qilinişiça, spirtli içimlik taʼsirida bölgan O.P. Toşkent viloyatining Bekobod şahridagi markaziy buyum bozorida özi bilan mardikorlik qiladigan tanişlarining oldiga borib, salomlaşmoqçi bölgan. Lekin, taşinlaridan biri – A.S. O.P. ning mast ekanini aytib, u yerdan ketib qolgan. Şundan söng, O.P. ning jahli çiqib, mazkur bozor hududida joylaşgan oşxonadan piçoq olib, A.S. ning orqasidan borib, unga bepisand munosabatda bölding, deya qorin böşliğiga bir marotaba urib, qasddan tan jarohati yetkazgan. Oqibatda A.S. Bekobod şahar markaziy şifoxonasiga yotqizilgan. 

Xabarga köra, hozirda jinoyat işi yuzasidan dastlabki tergov davom etmoqda. Hodisa joyini közdan keçiriş vaqtida qon doğlari mavjud bölgan oşxona piçoği aşyoviy dalil tariqasida rasmiylaştirilgan. Jinoyat işi yuzasidan gumon qilinuvçi O.P. Bekobod şahar IIB vaqtinça uşlab turiş hibsxonasida saqlanmoqda.

Gumonlanuvçi O.P. ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “ye” va “l” bandlari (bezorilik oqibatida, qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilişi mumkin bölgan aşyolarni işlatib, qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

×