Joriy yilning 14 dekabr kuni Navoiy viloyatida fuqaroning çaqiriği böyiça kelgan içki işlar xodimi piçoqlandi. Bu haqda “Postda” naşri xabar berdi.
Zarafşon şahar 2-kiçik tumanida yaşovçi 1979 yilda tuğilgan H.J. uyiga mast holda qaytib, janjal kötarib, turmuş örtoği R.I.ni öldiriş bilan tahdid qilgan.
H.J. uyidan ötkir tiğli buyum topolmay köçaga otlanganidan foydalangan R.I. hududda xizmat olib borayotgan Zarafşon şahar IIB HPB profilaktika inspektori, leytenant Farid Soibovga murojaat qiladi.
Profilaktika inspektori jamoat tartibini saqlaş böyiça yordamçisi Z.Erkinov bilan birga voqea joyiga yetib borgan.
Köçadagi dökondan oşxona piçoğini sotib olib, uyiga qaytgan H.J. eşik oldida içki işlar organi xodimini körgaç, içkariga kirişga harakat qiladi. Biroq bunga yöl qöymagan leytenat F.Soibov vaziyatga oydinlik kiritiş uçun gaplaşib olişlari lozimligini maʼlum qiladi. Şu payt fuqaro H.J. yengi içida yaşirib olgan piçoq bilan uning qorin qismiga bir neça marta jarohat yetkazib, içkariga bostirib kiradi.
Oğir jarohat olgan bölişiga qaramasdan profilaktika inspektori H.J.ni qölga olib, zararlantirişga muvaffaq böladi.
F.Soibov oğir ahvolda şahar tibbiyot birlaşmasining jonlantiriş bölimiga yotqizildi. Öz vaqtida zarur çoralar körilgani sababli içki işlar organi xodimining hayoti saqlab qolindi.
Fuqaro H.J.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoqqa olindi.
“Yuqori jangovar şaylik va jasorat namunasini namoyiş etgan leytenant F.Soibovni rağbatlantiriş çoralari körilmoqda”, deyiladi xabarda.
Sunnatilla Abdullayev









