"Andijonda 5 oylik kelinning zörlanişi" yuzasidan rasmiy maʼlumot berildi

"Andijonda 5 oylik kelinning zörlanişi" yuzasidan rasmiy maʼlumot berildi

2021 yil 13 may kuni fuqaro O.O.ni zörlanişi bilan boğliq holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi 1-qismi (nomusga tegiş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlarini har tomonlama töla va xolisona ötkazilişini taʼminlaş maqsadida, Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boşqarmasining malakali tergovçisi iş yurituviga ötkazilgan va tergov guruhi tuzilgan.

Tergov harakatlari Içki işlar vazirligi tomonidan alohida nazoratga olingan.

Holat yuzasidan hodisa joyiga zudlik bilan tergov-tezkor guruhi çiqib, videotasvirga olgan holda közdan keçirilgan va işga aloqador bölgan barça aşyolar, jumladan arizaçi va gumondorlarga tegişli kiyim-keçaklar olingan.

Tergov harakatlari davomida jabrlanuvçi hamda gumon qilingan şaxslarning barçasi sud-tibbiy ekspertizasidan ötkazilib, olingan aşyolar böyiça sudga oid biologiya, sudga oid kriminalistika, sudga oid tolali materiallarni kriminalistik tekşiriş va sudga oid fizika-texnikaviy ekspertizalari tayinlangan.

Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga köra, jabrlanuvçi O.O.ning badanida zörlik alomatlari bilan boğliq tan jarohatlari mavjud emasligi, 13-14 haftalik homilador ekanligi va homilasi rivojlanayotganligi aniqlangan.

Sudga oid tolali materiallarni kriminalistik tekşiriş ekspertizasining xulosasiga köra, jabrlanuvçi O.O.ning kiyimlarida gumondorlarning kiyimlariga tegişli tolalar mavjud emasligi aniqlangan.     

Jabrlanuvçi O.O. yaqin qarindoşlari va himoyaçisi iştirokida söroq qilinganida, uni heç kim zörlab nomusiga tegmaganligini, ayrim şaxslar (qonunçilik talablariga asosan şaxs haqidagi maʼlumotlar sir saqlanadi) moddiy manfaatdor böliş evaziga uni zörlab nomusiga tekkanligi haqida ariza va körsatma berişga majbur qilganligini, agarda uşbu körsatmani bermasa turmuş örtoği bilan birga yaşattirmasdan, ajratib yuborişligini aytganligi sababli, ilojsizlikdan yolğon körsatma berganligini maʼlum qilgan.

Şuningdek, işga aloqador bölgan va guvoh tariqasida söroq qilingan şaxslar, hodisa kuni jabrlanuvçi O.O.ga tegişli bölgan şiypon atrofida begona erkaklarni körmaganligini hamda dala şiyponidan ayol kişining yordam sörab baqirgan ovozini eşitilmaganligini maʼlum qilgan.

Ötkazilgan tergov harakatlari davomida jabrlanuvçi O.O. maʼlum qilgan beş nafar şaxslar voqea sodir bölgan kuni hodisa joyida, yaʼni jabrlanuvçi O.O.ga tegişli bölgan dala şiyponida umuman bölmaganliklari aniqlangan.

Tergov harakatlari davomida töplangan inkor qilib bölmas dalillarga asosan fuqaro O.O.ning zörlanganligi töğrisidagi vajlari öz tasdiğini topmaganligi sababli, jinoyat işining gumon qilinuvçilarga tegişli qismini JPKning 83-moddasiga (jinoiy hodisa yuz bermagan yoki şaxsning qilmişida jinoyat tarkibi bölmasa) asosan tugatiş masalasi körib çiqilmoqda.

Hozirda fuqaro O.O. va boşqalarning tuhmat qilganliklari holatiga huquqiy baho beriş maqsadida tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Şu örinda, fuqarolardan hamda blogerlardan vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlanmagan turli asossiz xabarlarga tayanmasliklarini, tergov harakatlariga aralaşmasliklarini, har bir xabar yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinişini hamda haqiqatga töğri kelmaydigan, vahima çiqarişga qaratilgan maʼlumotlar va materiallarni har qanday şaklda tarqatiş uçun jinoiy javobgarlik mavjudligini yana bir bor eslatib ötamiz.

Kelgusida tergov harakatlari natijasi yuzasidan qöşimça maʼlumot berilişi taʼminlanadi. 

×