Joriy yilning 4 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqda "Aytişlariça, samosud qilinayotgan fuqaro yöldagi qoidabuzar haydovçilarni suratga olib, GAIga jönatgan" sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.
Ijtimoiy tarmoq
Andijon viloyati IIB Axborot xizmatining xabariga köra, 2020 yilning 22 dekabr kuni soat 11:00larda, Andijon şahrida yaşovçi fuqaro N.Q. Jalaquduq tumani markazida joylaşgan “Dehqon bozori”ga mevalar narx-navosini biliş uçun kelib, bozorni fotosuratga olayotgan vaqtida bir neça fuqarolar N.Q.ni boşqa maqsadda suratga olayotganlikda gumonlab, jamoat joyida turli uyatli sözlar bilan haqorat qilişgan.
Uşbu holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB XPB IIO TP profilaktika katta inspektori A.Yuldaşev tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilgan.
Jumladan, fuqarolar A.D, M.R, A.A, J.Z, va Q.D.lar jamoat joyida turli haqoratli sözlar bilan baqir-çaqir qilişganligi uçun ularning harakatlarida Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning 183-moddasida körsatib ötilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi bois, töplangan hujjatlar çora körişlik uçun Jalaquduq tuman Maʼmuriy sudiga yuborilgan.
2020 yil 25 dekabr kuni maʼmuriy iş sudda körib çiqilib, huquqbuzarlarning har biriga BHMning 3 baravari miqdorida jarima jazosi belgilangan.









