Toşkentda YPX va PPX xodimlariga qarşilik körsatgan fuqarolar böyiça rasmiy maʼlumot berildi

Toşkentda YPX va PPX xodimlariga qarşilik körsatgan fuqarolar böyiça rasmiy maʼlumot berildi

2020 yilning 31 dekabr kunidan 2021 yilning 1 yanvar kuniga ötar keçasi soat 04:00 larda, Toşkent şahar, Çilonzor tumani, Muqumiy köçasida "Matiz" rusumli avtomobil haydovçisi YPX xodimining töxtaş işorasiga böysunmasdan harakatlangan. Çilonzor tumani, Qatortol köçasida haydovçi boşqaruvni yöqotgan va avtomobil beton tösiq ustiga çiqib töxtagan. Avtomaşinada bölgan 4 nafar fuqaro hodisa joyiga yetib kelgan IIBB YPX va PPX xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan ötkir tiğli jismlar bilan qarşilik körsatgan.

Fuqarolardan bir nafari uşlanib tuman IIBga olib kelingan.Qolgan 3 nafar fuqaro hodisa joyidan yaşiringan.

Hozirda barça fuqarolar şaxsiga aniqlik kiritilib, hodisa yuzasidan Çilonzor tumani prokuraturasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 3-qismi "g" bandi tartibida jinoyat işi qözğatilgan va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

×