Osiyo Olimpiya kengaşi vitse-prezidenti Otabek Umarov bugun, 2 noyabr kuni Toşkent şahridagi “Hilton” mehmonxonasida MDH, Boltiqböyi va Gruziya davlatlari Olimpiya qömitalari iştirokida mintaqaviy forumning yalpi majlisida iştirok etdi.
Otabek Umarov majlisda Prezident maslahatçisi Abdujabbor Abduvohidov bilan birga köriniş bergan va taxminan 30 daqiqa davomida anjumanda iştirok etgan.
Maʼlumot uçun, forumda 13 ta davlatning Milliy Olimpiya qömitalari rahbarlari qişki Olimpiadaga tayyorgarlik, dopingga qarşi kuraş va sport tizimidagi bir qator masalalar borasida özaro muzokara ötkazişdi.
Eslatib ötamiz, Otabek Umarov uzoq muddatli tanaffusdan söng, joriy yilning 24 oktyabrida Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida köriniş bergan edi.









