Pandemiya şaroitida köplab ommaviy tadbirlar qatori ayrim sport turlari ötkazilmasdan kelmoqda. Kun.uz muxbiri 2019 yilning 7 martidan Özbekiston Triatlon federatsiyasi raisi, 8 noyabridan MMA assotsiatsiyasi prezidenti sifatida faoliyat körsatib kelayotgan Otabek Umarov bilan suhbatlaşdi.
— Otabek Muhammadaliyeviç, koronavirus pandemiyasi davrida aksariyat sport musobaqalari «taʼtil»ga çiqdi. Siz rahbarlik qilayotgan Triatlon federatsiyasi va MMA assotsiatsiyasi ham mustasno emas. Bizga biror yangilik ayta olasizmi?
— Men Özbekistonda köp ham maşhur bölmagan sport turlari nafaqat munosib tarzda ommalaşa boşlagani, yoşlar örtasida maʼlum bir nufuzga ega bölgani bilan juda faxrlanaman.
Hamfikr jamoa bilan juda köp işlar qildik, hali qilinadigan işlar ham talaygina. Ularga erişiş uçun bu taşkilotlarda işlangan rejalar ham, zarur resurslar ham mavjud.
Fursatdan foydalanib, bugun juda köp öylanib çiqargan qarorim haqida aytişga jazm qilmoqdaman. Bu qarorga kelişim oson bölgani yöq — Triatlon federatsiyasi va Aralaş jang sanʼati assotsiatsiyasi rahbarligida ötkazgan vaqtim mobaynida mamlakatimizning çinakam faxrlari hisoblanadigan iqtidorli va istiqbolli sportçilarga juda boğlanib qolgan edim.
Hayot doimo oldimizga yangidan yangi çaqiriqlar qöyadi: joriy yil esa çaqiriqlar tasavvur etib bölmas darajada ham bölişi mumkinligini körsatmoqda. Mamlakatimiz, butun xalqimiz butun dunyoni boşi berk köçaga qamab qöygan tahdid bilan töqnaş keldi.
Öz-özidan, ayni paytda röbarö bölib turgan qiyinçiliklarni yengiş uçun har birimizdan bor kuç-ğayratimizni sarf etiş talab etiladi. Paydo bölgan vaziyatda davlat xizmatini olib boriş, jamoatçilik xavfsizligini taʼminlaş bilan boğliq vazifalar printsipial yangi xarakter kasb etişi va misli körilmagan masʼuliyat darajasi talab qilişini yaxşi tuşunib turibman. Bu menda sport taşkilotlarida egallab turgan lavozimini tark etişdan özga tanlov qoldirmayapti.
— Yaʼni, siz Triatlon federatsiyasi va MMA assotsiatsiyasi rahbarligini tark etmoqçisiz? Sababi nimada?
— Sababi oddiy: Triatlon federatsiyasi ham, MMA assotsiatsiyasi ham vaqt va eʼtibor talab qiladi, yangi şaroitlarda esa men buni kafolatlay olmayman.
— Şaxsan özingizning eʼtiboringizsiz endi ommalaşayotgan va tetapoya bölayotgan bu sport turlariga qiziqiş kamayib ketmaydimi?
— Yöq, mening örnimga keladigan insonlar Özbekistonda triatlon va MMA pozitsiyalarini mustahkamlaş, soğlom hayot tarzi va muvaffaqiyatga yönalgan sport tarğiboti tomon harakatni davom ettirişadi deb niyat qilib qolaman.
Hurmatli delegatlar men uçun qadrli bölgan taşkilotlarni boşqariş uçun tayinlaşga kimni loyiq deb topişmasin, ular mening qöllab-quvvatlaşimga işonişlari mumkin, çunki men milliy sportning qizğin muxlisi va elçisi bölib qolaveraman.
— Federatsiya raisligi va assotsiatsiya prezidentligiga nomzodlar bormi?
— Jamoa nomzodlar tanlagan, albatta. Kimlarning nomzodlari körib çiqilayotganini delegatlarimiz ularni ovoz beriş yöli bilan tayinlab, rasman eʼlon qilingunça sir saqlaymiz.
Fursatdan foydalanib, men özim bilan yelkama-yelka turib mehnat qilgan, menga yordam bergan va ilhomlantirgan insonlarga, şuningdek, böşaşmasdan işlaşimga taʼminlaganlarga esa taşakkur bildirmoqçiman. Sizlarning har birlaringiz menga köp narsalarni örgatdingiz, köp narsada aynan sizlar tufayli bu davrni hayotimning oson bölmagan, biroq juda qiziqarli bosqiçi sifatida eslayman. Sizlarga rahmat!









