Yangi öquv yili uçun darsliklar ijarasi narxi eʼlon qilindi

Yangi öquv yili uçun darsliklar ijarasi narxi eʼlon qilindi

Darsliklar töplami uçun ijara tölovlarini hisoblaş tizimini soddalaştiriş va ota-onalarga qulayliklar yaratiş maqsadida 2020-2021 öquv yilidan boşlab, bir dona darslik yoki maşq daftari uçun yagona ijara tölovi - 2200 söm miqdorida joriy qilindi. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi xabar bermoqda.

Töplam tarkibidagi darsliklar va maşq daftarlari sonidan kelib çiqib, sinflar va taʼlim tillari kesimida ijara tölovi miqdorlari belgilandi.

Darsliklar töplami uçun ijara tölovini amalga oşiriş muddati 10 oktyabrgaça uzaytirildi. Yoki ota-onalarda mazkur tölovni amalga oşiriş bilan boğliq muammo mavjud bölsa, ijara tölovi muddatini uzaytiriş ham mumkin. Bunda mazkur tölovning 50 foizi 10 oktyabrgaça, qolgan qismi esa 30 noyabrgaça tölanadi.

2-sinf

Özbek, rus tillarida - 12 ta darslik - 26400 söm
Qoraqalpoq, qozoq, qirğiz, tojik, turkman tillarida - 13 ta darslik - 28600 söm

3-sinf

Özbek, rus - 11 - 24200 söm
Qoraqalpoq, qozoq, qirğiz, tojik, turkman - 12 - 26400 söm

4-sinf

Özbek, rus - 11 - 24200 söm
Qoraqalpoq, qozoq, qirğiz, tojik, turkman - 12 - 26400 söm

5-sinf

Özbek, rus - 13 - 28600 söm
Qoraqalpoq, qozoq, qirğiz, tojik, turkman - 14 - 30800 söm

6-sinf

Özbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirğiz, tojik, turkman - 15 - 33000 söm

7-sinf

Özbek, rus - 17 - 37400 söm
Qoraqalpoq, qozoq, qirğiz, tojik, turkman - 18 - 39600 söm

8-sinf

Özbek - 18 - 39600 söm
Qoraqalpoq, rus, qozoq, qirğiz, tojik, turkman - 19 - 41800 söm

9-sinf

Özbek - 17 - 37400 söm
Qoraqalpoq, rus, qozoq, qirğiz, tojik, turkman - 18 - 39600 söm

10-sinf

Özbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirğiz, tojik, turkman - 18 - 39600 söm

11-sinf

Özbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirğiz, tojik, turkman - 20 - 44000 söm


Eslatib ötamiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj bölgan oilalardagi öquvçilarni umumtaʼlim maktab kutubxona jamğarmasi tomonidan darsliklar töplami bilan bepul taʼminlaş tartibi örnatilgan.

×