Toşkent şahrining Sergeli tumanidagi maktablarda öquvçilar davomatini sunʼiy intellekt yordamida nazorat qiliş boşlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, keça, 17 sentyabr kuni Toşkent şahar hokimligining Vaziyatlar markazida Sergeli tumanidagi maktablarda işga tuşirilgan “SI Davomat” tizimi taqdimoti ötkazilgan. U taʼlim sifatini oşiriş, öquv jarayonini muntazam tahlil qiliş va öquvçilar davomatini nazorat qilişga qaratilgan.
Bu maktab jarayonlarini raqamlaştirişning birinçi bosqiçi bölib, u maʼlumotlarga asoslangan qarorlar qabul qiliş hamda maktab, öqituvçilar va ota-onalar eʼtiborini talab qiladigan masalalarni öz vaqtida aniqlaş imkonini beradi.
Tizim darslarning taşkil etilişi, öquvçilarning faolligi va öqitiş usullarini fanlar, sinflar va öqituvçilar kesimida muntazam tahlil qilib boradi. Olingan körsatkiçlar öqituvçilarni uslubiy qöllab-quvvatlaş, öqitiş sifatini baholaş va KPI tizimini yanada takomillaştiriş uçun asos böladi.
Smart-kameralar va Face ID texnologiyasi öquvçilarning maktabga borişi va darslarda qatnaşişini avtomatik ravişda qayd etiş imkonini beradi. Maʼlumotlar takroriy dars qoldirişlarni, jumladan, öquvçining ayrim fanlar böyiça darslarga kelmasligini aniqlaşga yordam beradi. Bu mutaxassislarga sabablarni çuqurroq örganiş, oila va maktab bilan hamkorlik qiliş va bolaga öz vaqtida zarur yordam körsatiş imkonini beradi.
Agar öquvçi uzrli sababsiz darsni qoldirsa, ota-onalarga SMS-xabarnoma yuboriladi. “ERP Maktab” va Soğliqni saqlaş vazirligining DMED tizimlari bilan integratsiyalaşuv tufayli kasallik sababli dars qoldirilgani avtomatik ravişda hisobga olinadi.
Bildirilişiça, hozirda “SI Davomat” Sergeli tumanidagi 26 ta maktabda işlamoqda, u yerda 446 ta smart-kamera örnatilgan. Aprobatsiya natijalari tizimni Toşkent şahridagi boşqa maktablarda bosqiçma-bosqiç joriy etiş uçun asos böladi.









