Bugun köpçilik “COVID-19” kasalligi özida bor yöqligini aniqlaş uçun test topşirmoqda. Uşbu testlar baʼzan soxta bölib çiqayotgani ham maʼlum.
Özbekiston Respublikasi DXX hamda IIV xodimlari “COVID-19” kasalligini aniqlaşda PZR-test maʼlumotnomalarini soxtalaştirib, “Toşkent” xalqaro aeroportida yölovçilarga sotiş bilan şuğullanuvçi guruhni foş qildi.
Yaʼni “Toşkent — Moskva” yönalişida uçayotgan Buxoro viloyati Jondor tumanida yaşovçi 4 nafar fuqaroning hujjatlari tekşirilganida ularning PZR-test maʼlumotnomalari soxta ekani aniqlandi.
Tezkor harakatlar davomida, mazkur şaxslar “COVID-19” kasalligini aniqlaş böyiça test topşirmasdan, uşbu soxta maʼlumotnomalarni Buxoro viloyatida tuğilgan “Q. E.” va Xorazm viloyatida tuğilgan "M. M."lardan sotib olganliklari maʼlum bölgan.
Uşbu “uddaburonlar”ga soxta maʼlumotnomalarni Toşkent şahrida yaşovçi “M. N.” va “K. A.”lar tayyorlab, yetkazib turişgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan.
Har bir inson bunday holatga tuşmasligi va haqiqiy maʼlumotlarni olişi uçun soğliqni saqlaş tizimi xodimlariga murojaat qilişlari kerak.









