AQŞ razvedkasining “sotqini” Rossiya pasportini oldi

AQŞ razvedkasining “sotqini” Rossiya pasportini oldi

AQŞ Milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snouden qasamyod qilib, Rossiya pasportini oldi. Bu haqda bugun, 2 dekabr kuni TASS agentligiga uning advokati Anatoliy Kuçerenaga tayanib xabar berdi. 

“Ha, u [pasport] oldi. Qasamyod qabul qildi”, deydi u Snouden Rossiya fuqarosi pasportini olganmi, degan savolga javob berib. 

Advokat, şuningdek, Snoudenni bir kun oldin körganini va uning ahvoli yaxşi ekanini qayd etgan. 

Sentyabr oyi oxirida Rossiya Federatsiyasi Prezidentining farmoni eʼlon qilindi, unga köra AQŞ Milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snoudenga Rossiya fuqaroligi berildi. 

2017 yilda Snouden va amerikalik sportçi va bloger Lindsi Mills Moskvada turmuş qurişdi. Kuçerenaning aytişiça, Snoudenning rafiqasi hozirda Rossiya fuqaroligini oliş uçun ariza topşirmoqda.

2013 yilda Snouden Amerika va Britaniya razvedka agentliklarining elektron kuzatuv usullari, şuningdek, ular öz fuqarolarining şaxsiy maʼlumotlarini bir-biriga ötkazişi haqidagi maʼlumotlarni oşkor qildi. 

Snouden, şuningdek, uşbu mamlakatlar razvedka xizmatlari xorijiy davlatlar rahbarlarining muzokaralarini noqonuniy tinglaş bilan şuğullanayotganini oçiqladi. AQŞ rasmiylarining taʼqiblaridan qoçib, u bir qator davlatlar, jumladan Rossiya hukumatiga boşpana sörab murojaat qildi. 2014 yilda u Rossiya Federatsiyasida birinçi yaşaş uçun ruxsatnomani, keyinroq esa – Rossiya hududida çeksiz qoliş huquqini oldi.


×