Bu hazil emas: Bugundan Rossiya BMT Xavfsizlik Kengaşiga raislik qila boşlaydi

Bu hazil emas: Bugundan Rossiya BMT Xavfsizlik Kengaşiga raislik qila boşlaydi

1 aprel kuni Rossiya Federatsiyasi Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Xavfsizlik Kengaşiga raislik qila boşlaydi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Mavjud tartibga köra, Xavfsizlik Kengaşiga raislik 15 ta aʼzo davlat orasida bir oydan almaşilinadi. Rossiya ham 1 aprel kuni bu maqomni Mozambikdan qabul qilib oladi.

 

Qayd etilişiça, Rossiya raisligi davomida aprel oyida Nyu-Yorkda Rossiya Taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov boşçiligida BMT Xavfsizlik kengaşi yiğilişi bölib ötadi. 

Şuningdek, şu oyda Xavfsizlik Kengaşining “Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Nizomi tamoyillarini himoya qiliş orqali samarali köp tomonlama munosabatlar” mavzusidagi yuqori darajadagi oçiq muhokamasi ham bölib ötadi. Uşbu yiğilişga ham Rossiya diplomatiyasi rahbari raislik qiladi. Şuningdek, Lavrov 25 aprel kuni Yaqin Şarq böyiça munozaralar sessiyasiga ham raislik qilmoqçi.

Bir yildan oşiq davr mobaynida Rossiya bosqiniga qarşi kuraşayotgan Ukraina esa bu raislikni “yomon hazil” deb atagan.

“Rossiya mustamlakaçilik uruşini olib bormoqda. Uning prezidenti harbiy jinoyatçi, bolalarni öğirlagani uçun Xalqaro jinoiy sud tomonidan qidirilmoqda”, degan Ukraina Taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba.

Eslatib ötamiz, oldinroq BMT Xavfsizlik Kengaşi Rossiya tomonidan taklif etilgan “Şimoliy oqim” portlaşini tekşiriş böyiça rezolyutsiyani rad etgan edi.

Manba: Qalampir.uz

×