Opa-singil grossmeysterlar endi Özbekiston uçun öynamaydi

Opa-singil grossmeysterlar endi Özbekiston uçun öynamaydi

Farğonalik opa-singil  grossmeysterlar şaxmat federatsiyasi bilan bölgan mojarodan keyin Özbekiston uçun öynaşdan boş tortişdi. Bu haqda Effect.uz muxbiri xabar bermoqda. Ularning barçasi otasining şogirdlaridir.

Xullas, Nafisa Möminova allaqaçon Yevropa klubida öynamoqda, Gulruhbegim Tohirjonova AQŞ milliy terma jamoasiga kiritilgan va Xulkar Tohirjonova hanuzgaça bola tarbiyasi bilan şuğullanadi, ammo endi xalqaro musobaqalarda Özbekiston uçun  öynamaydi.

Har uççala qiz ham Özbekistonga juda katta natijalar bergan edi.  Masalan, 30 yoşli Nafisa Möminova ikki marta Özbekiston çempioni bölgan, ikki bor Osiyo öyinlarida kumuş medallarni qölga kiritgan.

21 yoşli Gulruhbegim Tohirjonova 2018 yilda Respublika çempioni, yoşlar örtasidagi Jahon çempionatining bronza medali sovrindori, 20 yoşgaça bölgan şaxmatçilar örtasida Jahon çempionatining kumuş medali sovrindori bölgan.

Farğona viloyatining Özbekiston tumanida istiqomat qiluvçi Alişer Möminovning uç qizi: Nafisa Möminova, Hulkar Tohirjonova, Gulruxbegim Tohirjonovalar professional şaxmatçi hisoblanadi. Qizlarning kattasi Nafisa Möminova 2013 yilda xalqaro grossmeyster maqomini olgan Özbekistondagi ilk ayoldir.

×