AOKAda tadbir vaqtida «svet» öçdi

AOKAda tadbir vaqtida «svet» öçdi

Agentlik avvalroq elektr muammosi haqida yozgan OAVlarga ogohlantiriş yuborgan edi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi 7 dekabr kuni soat 12:00 lar atrofida elektrdan uzildi. Oqibatda «Agrobank» faoliyati yuzasidan şu vaqtda ötkazilişi kerak bölgan tadbirni boşlaş keçikkan. Bu haqda «Muxbir Daliyev» kanali xabar berdi.

Taʼkidlaş joizki, sönggi vaqtlarda elektr taʼminotidan uziliş muammosi keskin oşdi. Şunday şaroitda gaz-svet muammosini yozgani uçun AOKA «Kun.uz»ga ogohlantiriş xati yuborgan, ular qonunçilik talablariga mos kelmaydigan axborot tarqatgan deb hisoblagan.

Özbekistondagi elçixonalar AOKA harakatiga munosabat bildirib, agar matbuotda gaz va elektr taʼminoti xizmatlarining yomon işlaşini jamoatçilik tanqid qilsa, bu asosli bölsa, matbuot bu haqda yozişga haqli ekanligini aytgandi.

Keyinroq AOKA direktori Asadjon Xöjayev 3 dekabr kuni ötkazilgan «Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunçiligida söz hamda matbuot erkinligi va Özbekistonda OAVni rivojlantiriş jarayonlari» mavzusidagi davra suhbatida OAVlari faoliyati haqida öz fikrini bildirib, noxolis axborot tarqalişida OAV aybdor emasligini, agar davlat organlari tezkorlik bilan javob qaytarsa, asossiz maʼlumotlar, fikrlar bildirilişiga örin qolmasligini taʼkidlagan.

Eslatib ötamiz, 2019 yilning dekabr oyida Toşkentda TV orqali jonli efirda körsatilayotgan saylov debati elektr öçgani sabab uzilib qolgandi. Tadbir iştirokçilari taxminan 5-7 daqiqa davomida çiroqsiz qolib ketgan. Boş vazir Abdulla Aripov elektr energiyasi bilan yuz bergan noxuş holatlarni keskin tanqid qilib, bu holatni şarmandali deb aytgandi.

×