Singapurdagi islom ulamolari koronavirusga qarşi emlaşni diniy qonunlar nuqtai nazaridan baholadilar.
"Biz vaktsinaning xavfsiz va samarali ekanligi aniqlanib, tibbiy rozilik olinganidan keyin emlanişni tavsiya etamiz, çunki global pandemiya şaroitida odamlarning hayotini saqlab qoliş – favqulodda ehtiyojdir", deyiladi Singapur Islom ulamolari kengaşining bayonotida.
Singapur ulamolariga köra, COVID-19 vaktsinasiga diniy qaraşlar "umumiyroq bölişi va uning tarkibiy qismlarining halol tabiati haqidagi tor doiradan taşqariga çiqişi kerak”.
Olimlar 3 jihatni hisobga olganliklarini taʼkidlaganlar. Birinçidan, vaktsinada odamlarni qutqariş uçun "hayotiy zarurat" mavjud. "Şuning uçun emlaş inson hayotining muqaddasligi tamoyillarini himoya qiliş va zararni oldini oliş uçun muhim vositadir".
Ikkinçidan, "har qanday vaktsinasi salbiy taʼsirga ega bölmasligi va emlanganlarga zararli emasligi tibbiy tomondan isbotlangan bölişi kerak."
Va faqat uçinçidan, individual emlaş tarkibiy qismlarining ruxsat etilişini körib çiqiş mantiqan töğri keladi. Nopok yoki taqiqlangan moddalar aniqlanganda ham, vaktsinadan foydalaniş joiz deb hisoblanişi mumkin. "Işlab çiqariş jarayonida işlatilgan harom va taqiqlangan moddalar filtrlaşni öz içiga olgan kimyoviy transformatsiyaning bir neça bosqiçlarini bosib ötadi va bu ularni aniqlanmaydigan yoki yakuniy mahsulotda xossasini özgartiradi", deb taʼkidlaydi singapurlik olimlar.
Faqihlar misol sifatida çöçqa göşti moddasidan olingan geparin preparati va tarkibida tripsin bölgan rotavirus vaktsinasini keltirganlar – ularning fikriga köra, moddalar kimyoviy jihatdan özgargan va isteʼmolga yaroqli holga kelgan.









