Konstitutsiyaga qanday özgartirişlar kiritilmoqda?

Konstitutsiyaga qanday özgartirişlar kiritilmoqda?

Oliy Majlis Senati kun tartibida «Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga özgartirişlar kiritiş töğrisida»gi masala ham körib çiqilişi haqida maʼlumotlar eʼlon qilindi.
 
Jamoatçilik tomonidan Konstitutsiyaga aynan qanday özgartirişlar kiritilayotganligi va uning asoslari nimalardan iboratligi haqida savollar paydo bölmoqda.
 
Taʼkidlaş joizki, bu özgarişlar avvalo Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 iyuldagi «Sudlar faoliyatini yanada takomillaştiriş va odil sudlov samaradorligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi PF 6034-sonli Farmonida belgilangan vazifalardan kelib çiqqan bölib, unga köra 2021 yil 1 yanvardan boşlab:
 
- viloyat va unga tenglaştirilgan fuqarolik işlari böyiça, jinoyat işlari böyiça sudlar va iqtisodiy sudlar negizida sudyalarning qatʼiy ixtisoslaşuvini saqlab qolgan va sud işlarini yuritiş turlari böyiça alohida sudlov hayʼatlarini taşkil etgan holda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar umumyurisdiktsiya sudlarini taşkil etiş;
 
- maʼmuriy va boşqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib çiqadigan işlarni körişga ixtisoslaştirilgan Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toşkent şahrida tumanlararo maʼmuriy sudlarini taşkil etiş, şu munosabat bilan tuman (şahar) maʼmuriy sudlarini tugatiş. Bunda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar maʼmuriy sudlari saqlab qolinişi nazarda tutilgan.
 
Farmonga asosan 2021 yil 1 yanvardan sud tizimida taşkiliy-tuzilmaviy özgarişlar amalga oşirilayotganligini inobatga olib, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 107-moddasi birinçi qismini quyidagi tahrirda bayon etiş taklif etilmoqda:
 
“Özbekiston Respublikasida sud tizimi Özbekistan Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Özbekiston Respublikasi Oliy sudi, harbiy sudlar, Qoraqalpoğiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toşkent şahar sudlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar maʼmuriy sudlari, fuqarolik işlari böyiça tumanlararo, tuman (şahar) sudlari, jinoyat işlari buyiça tuman (şahar) sudlari, tumanlararo, tuman (şahar) iqtisodiy sudlari va tumanlararo maʼmuriy sudlaridan iborat”.
 
Bu özgarişlardan maqsad  fuqarolarning sudma-sud sarson bölib yurişiga barham berib, ularning muammosini bir joyda hal qiliş, sud tizimini boşqariş masalalarini takomillaştirib, viloyat va unga tenglaştirilgan sudlarni taşkiliy, moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlaş işini yaxşilaşga erişişdan iborat.
 
Şuningdek, milliy qonunçiligimizda rus tilidagi “zakonodatelstvo”, va “akti zakonodatelstva” tuşunçalari özbek tilida “qonun hujjatlari” deb, rus tilidagi “zakon” va “zakonodatelniy akt” tuşunçalari özbek tilida bir xil “qonun” deb işlatilgan.
 
Milliy normativ-huquqiy bazada davlat tilidagi “qonunçilik” tuşunçasi qonunlarda işlatilmagan.
 
Şu bois, “Normativ huquqiy hujjatlar töğrisida”gi Qonunga tegişli özgartirişlar kiritiş bilan bir vaqtda Konstitutsiyada ham uşbu sözlarni töğri qöllaş maqsadida “zakonodatelstvo - qonunçilik”, “akt zakonodatelstva – qonunçilik hujjati”, “zakonodatelniy akt – qonun hujjati” körinişida beriş taklif etilmoqda.
 
Şu munosabat bilan, davlat tilidagi Konstitutsiyaning 7-moddasi ikkinçi qismiga, 33-moddaga, 85-modda törtinçi qismi 8-bandiga, 86-modda beşinçi qismi 8-bandiga, 93-modda birinçi qismi 16-bandiga, 98-modda uçinçi qismiga, 100-modda sakkizinçi xatboşisiga, 117-modda sakkizinçi qismiga özgartirişlar kiritilmoqda.

×