Butun dunyo böylab sarimsoq piyozdan uzoq vaqt davomida gipertoniya, infektsiyalar, ilon çaqişi kabi köplab kasalliklarni davolaşda keng foydalanilgan. Keling, har kuni sarimsoq isteʼmol qilinganda, organizmda qanday özgarişlar bölişini körib çiqamiz.
Nima uçun sarimsoqning foydasi katta?
Yurak salomatligini yaxşilaydi
Olimlarning fikriça, sarimsoq qon quyqa (tromb)lari xavfi oldini oladi. Aterosklerotik blyaşka hajmini kamaytiradi, yoş va qon bosimi bilan boğliq bölgan aorta qattiqligining kuçayişini susaytiradi.
Saraton ösmasiga qarşi taʼsir körsatadi
Sarimsoq oşqozon va yöğon içak saratoni rivojlaniş xavfini kamaytiradi, ammo bu taʼsir hali örganilmoqda.
Mikroblar bilan kuraşadi
Tadqiqotlar şuni körsatdiki, sarimsoq gramm-musbat va gramm-manfiy bakteriyalar, virus, zamburuğ, parazit va mikroblarga qarşi faollikka ega. Şuning uçun u infektsiyalarni davolaş uçun işlatilişi mumkin.
Estrogenni köpaytiradi
Sarimsoqning ayollar salomatligi uçun qanday foyda va zarari bor? Sarimsoq menopauza davrida kamayadigan asosiy ayollar gormoni — estrogen darajasini oşiradi. Şu sababli suyak ziçligi va terining elastikligi pasayadi. Agar mahsulot juda köp isteʼmol qilinsa, zarar yetkazişi mumkin. Quyida bu haqda köproq bayon qilingan.
Sarimsoqni meʼyordan ortiq isteʼmol qilişning salbiy taʼsiri
Jigarga zarar yetkazişi mumkin
Jigar organizmdagi muhim organ bölib, u qonni tozalaş, yoğ, oqsil almaşinuvi, organizmdan ammiakni çiqarib taşlaş kabi turli funktsiyalarni bajaradi. Bir neçta tadqiqotlarga köra, sarimsoq allitsin deb ataladigan birikmaga boy bölib, köp miqdorda qabul qilingan taqdirda jigarning zaharlanişiga olib keladi.
Diareya
Mahsulotni oç qoringa isteʼmol qiliş diareyaga olib kelişi mumkin, çunki uning tarkibida oltingugurt kabi gaz hosil qiluvçi birikmalar mavjud.
Köngil aynişi, qusiş, jiğildon qaynaşi
Hatto, oç qoringa ovqat isteʼmol qiliş ham jiğildon qaynaşi, köngil aynişi va qusişga olib kelişi mumkin.
Oğizdan badböy hid kelişi
Oğizda yoqimsiz hid paydo bölişining asosiy sababi unda mavjud bölgan oltingugurt birikmasidir.
Qon ketişini kuçaytiradi
Mahsulot qonni suyultiruvçi tabiiy vositadir, şu bois uni köp miqdorda va qonni suyultiruvçi dorilar bilan birga isteʼmol qilmaslik kerak. Bunda içki qon ketiş xavfi oşişi mumkin.
Boş aylanişi
Sarimsoqni köp isteʼmol qiliş qon bosimini pasaytirişi va bir qator noxuş holatlarga olib kelişi mumkin, ulardan biri boş aylanişidir.
Köriş qobiliyatida özgariş
Sarimsoq piyoz közning old kamerasi (qobiq va şox parda orasidagi böşliq)da qon ketişiga olib keladigan gifemaga sabab böladi.
Soğliqqa zarar keltirmasligi uçun sarimsoqdan qanday foydalaniş kerak?
Kuniga bir-ikki bölak sarimsoq kattalar uçun xavfsiz hisoblanadi. Meʼyoridan köp isteʼmol qiliş, ayniqsa, oç qoringa, oşqozon-içak traktining buzilişi, meteorizm, içak florasining özgarişiga olib keladi.
Qonni suyultiruvçi xususiyatlari tufayli mahsulotni antikoagulyantlar bilan birlaştirgan holda qabul qiliş mumkin emas degan qaraş mavjud. Bundan taşqari, operatsiyadan bir neça kun oldin uni isteʼmol qilişni töxtatiş tavsiya etiladi, çunki bu qon ketişini kuçaytirişi mumkin.
Nima uçun oç qoringa isteʼmol qiliş mumkin emas?
Qorin oç bölganda sarimsoq yeyiş foyda keltirmaydi. Oşqozon şilliq qavatini bezovta qiladi va köngil aynişi, hatto, oşqozon yarasi paydo bölişiga sabab böladi. Şu bois uni boşqa ovqatlar bilan birga isteʼmol qiliş tavsiya etiladi.
Qaysi biri foydali: qaynatilgan yoki xom
Issiqlik bilan işlov beriş jarayonida mahsulot öz xususiyatlarining köp qismini yöqotadi, şu sabab qaynatilgan sarimsoq xom sarimsoqdan köra ança kam foydalidir. Kattalar uçun tavsiya etilgan porsiya kuniga 4 gramm (bir-ikki bölak) xom sarimsoq yetarli hisoblanadi.









