Mansur HAMDAMOV:
- Erkinlik qadrini va oila davrasida yurişning baxtini ozodligim çeklanganida çuqur his qildim. 31 ga kirdim, yoşlikda qattiq adaşdim va jinoyat yöliga kirib qoldim. Lekin çin dildan puşaymonligim inobatga olinib, Prezidentimiz xatoyimni afv etdilar.
Bu yilgi 8 dekabr sanasi men va oilam uçun unutilmas böldi. Yurtimizda keçirimlilik, bağrikenglikni qamragan qonunçilik islohotlari, inson omiliga qaratilayotgan eʼtiborning ijrosini öz misolimda körib turibman.
Namangan şahrining «Beruniy» mahalla fuqarolar yiğini, «Döstlik» şohköçasi, 5-«A» uy, 6-xonadonda istiqomat qilaman. Yurtboşimizning farmoni bilan kuni keça afv tekkan 104 nafar fuqaro qatori men ham hozir uydaman. Xonadonimga Namangan şahar mutasaddilari - mehnat, tibbiyot, içki işlar va diniy idora vakillari mahalla raisi bilan birgalikda kelib, holimdan va şaroitimdan darrov xabar olişdi, könglimni kötarişdi. Tezroq tiklanişim va moliyaviy jihatdan qiynalmasligim uçun davlat tomonidan ajratilgan moddiy yordam pulini berib ketişdi. Bugun esa soğligimni nazoratdan ötkaziş va mustahkamlaş maqsadida imtiyozli tibbiy körikka bordim.
Töğrisi, bunçalik ğamxörliklardan hayajondaman, xijolatdaman va qarzdorman. Munosib oylik asosida iş taklif qilişdi. Yangi yilgaça biroz dam olib, yaqinlarim, ota-onam bağrida köproq bölmoqçiman, çunki ularni juda soğinganman, bayramni jamuljamlikda yuqori kayfiyatda nişonlamoqçimiz. Ha, yangi yildan yangi hayotga qadam taşlayman. Yanvar oyi boşidan kaminaga band etilgan iş joyiga borib, kuçim yetganiça jamiyatga foydam tegişi, amalga oşirilayotgan keng kölamdagi bunyodkorlik jarayonlariga kamarbasta böliş uçun astoydil harakat qilaman. Inson huquqlari, manfaatlari va qadri ustuvor bölgan tinç diyorda yoşayotganimdan, şaxsimga bildirilgan işonçdan ğoyat xursandman!
Hududimizda köp ijobiy özgarişlar bölibdi. Hamma foydali yumuş bilan maşğul, dunyoning şirin taşvişlari va yaxşi yaşaş bilan andarmon, yoşi uluğlarimiz duoda. Hayotda qayta qoqilmasligim va meni atrofdagilardan alohidalab qöymayotganliklari, samimiy munosabatda bölayotganliklari, har tomonlama qöllab-quvvatlayotganliklari uçun jamiki rahbarlardan, qöni-qöşnilardan, sinfdoşu ustozlarimdan, yoru birodarlarimdan çeksiz minnatdorman. Meni çiroyli kutib olgan va bizga mehr-oqibat körsatayotgan barçadan behad mamnunman. Yiqilganni suyaş va adaşganga töğri yöl körsatiş kabi azaliy qadriyatlarimizning amaliy ifodasidan qançalik taʼsirlanayotganimni özim bilaman.
«Yangi Özbekiston» , gazetasining Namangandagi muxbiri Orifjon JÖRAYEV yozib oldi.









