Bugun, 4 dekabr kuni Yaşnobod tumanida ikkita avtobus töqnaşuvi aks ettirilgan video internetda tarqaldi. Toşkent şahar IIBning maʼlum qilişiça, ikki avtobus haydovçisi qilmişi uçun lavozimdan böşatilgan.
Maʼlumotga köra, 4 dekabr kuni soat 07.48 da Mahtumquli köçasi “Aşxobod” parki yonida ikkita avtobus: 31 yoşli Daler D. boşqaruvidagi “Isuzu” (davlat raqami 10 104 DBA) va 44 yoşli Furqat M. boşqaruvidagi “Mercedes-Benz” (davlat raqami 01 295 ZBA) töqnaşuvi yuz bergan. Hodisa sababli heç kim jabr körmagan.
YTHning taxminiy sababi: ikkala haydovçi ham tezlikni oşirganligi sababli boşqaruvni eplay olişmagan. Hodisa haqida maʼlumot ikkala avtobus parklari rahbariyati tomonidan körib çiqilib, ikkala haydovçini ham jamoat transporti haydovçisi lavozimidan böşatiş qarori qabul qilingan.









