«Özavtosanoat» aktsionerlik jamiyati Buyuk Britaniyaning «Bentley» kompaniyasi bilan hamkorlikda 2021 yildan boşlab yangi elektromobillarni işlab çiqariş böyiça muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda «Tez News»ga uşbu muzokaralardan xabardor manbalari maʼlum qildi.
Maʼlumotlarga köra, Özbekiston bozoriga 2 xil elektr tarmoq orqali quvvatlantiriladigan gibrid avtomobillar işlab çiqariş rejalaştirilmoqda. 2025 yilga kelib uşbu brend ostida 6 xil gibrid elektromobillar işlab çiqarilişi kutilmoqda.
Rossiyada 8 oktyabr kuni «Bentley» kompaniyasi yangilangan «Bentayga» avtomobilining taqdimotini ötkazib, keng ommaga elektromobillar işlab çiqarişni yölga qöyişni rejalaştirilayotgani haqida xabar berilgandi.
Avvalroq Jizzaxda noyabrdan «KIA» avtomobillarining yangi modellari işlab çiqarilişi haqida xabar berilgandi. Şunigdek, Namanganda «Changan» brendi ostida kiçik yuk avtomobillari işlab çiqarilişi xabar qilingan.
Keyinçalik Özbekistonda «ŠKODA» brendidagi avtomobillar oktyabr oyida taqdim etilişi maʼlum qilingan











