Özbekiston Transport vaziri örinbosari Jasur Çoriyev Vengriyaning Magnus Aircraft Zrt. kompaniyasi boş ijroçi direktori Laszlo Boros bilan uçraşib, mamlakatda Magnus Fusion 212 samolyotlarini mahalliy işlab çiqariş imkoniyatlarini muhokama qildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, Magnus Aircraft Zrt Vengriyada joylaşgan xalqaro kompaniya bölib, u kompozit materiallardan innovatsion samolyotlarni loyihalaş, işlab çiqariş va sotiş bilan şuğullanadi.
Kompaniyaning asosiy qarorgohi Pogani şahrida, Peç–Pogani xalqaro aeroporti yaqinida joylaşgan va qariyb 8000 kvadrat metr maydonni egallaydi.
Kompaniya vakillari şuningdek, AQŞ, Xitoy, Keniya, Nigeriya, Serbiya va Yaqin Şarq mamlakatlarida ham faoliyat yuritadi.









