“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 398 mln sömga Trailblazer sotib olgani maʼlum böldi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 398 mln sömga Trailblazer sotib olgani maʼlum böldi

“Hududiy elektr tarmoqlari” aktsiyadorlik jamiyati joriy yilning may oyida Özbekistonda qatʼiy karantin örnatilib, mamlakatda çeklovlar amal qilib turgan vaqtda 398 mln sömga Trailblazer rusumli avtomobil sotib olgan.

Jamiyatning maʼlum qilişiça, exarid.uzex.uz portalida körsatilgan maʼlumotlar töğri. Haqiqatda hozirgi kunda kompaniya avtoparkida Trailblazer LTZ AT avtomaşinasi mavjud. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xabarida bu maşinani sotib oliş nega kerak bölganiga ham töxtalib ötilgan.

“Mazkur avtomaşina uzoq masofaga hamda toğli şaroitlarga xizmat safarlari uçun möljallangan bölib,  Jamiyatning şunday turdagi maşinaga ehtiyoji tufayli mahalliy işlab çiqaruvçi mahsuloti şartnoma asosida xarid qilingan”, deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 252,2 ming km uzunlikdagi elektr uzatiş tarmoqlari orqali Özbekiston Respublikasining maişiy va yuridik isteʼmolçilariga elektr energiyasini yetkazib beradi. 

“Ana şu elektr tarmoqlarining ayrim qismi noqulay toğ şaroitlari hamda oddiy yengil avtomaşina yetib borişi qiyin hududlar yohud talafot zonalarida (“Sardoba” suv ombori yemirilişi tufayli sodir bölgan kabi) joylaşgani sabab, bu yerda olib borilayotgan quriliş-taʼmirlaş işlari bilan yaqindan tanişiş va zarur hollarda operativ çoralar köriş uçun tezkor yetib boriş ehtiyoji mavjudligi sabab Boşqaruv kengaşi qaroriga asosan xarid qilingandir”, deyiladi jamiyat xabarida.

Avvalroq, Jizzax viloyatining Zarbdor tumani hokimi Captiva turib, xizmat maşinasi sifatida 370 mln sömga Trailblazer rusumli avtomobil sotib olgani xabar qilingandi.

Keyinroq Surxondaryo viloyat Davlat soliq boşqarmasi Moliya vazirligining rasmiy xatini qalbakilaştirib, Nexia-3 örniga 349 mln sömga Equinox sotib olgani maʼlum bölgandi.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda davlat idoralari rahbarlarining xizmat maşinasi klassini qatʼiy belgilab qöyiş rejalaştirilyapti. Şuningdek, hozirgaça qimmatbaho avtomobillarni sotib olişga ulgurgan raharlarning maşinalari xatlovdan ötkazilib, auktsionda sotiladi.

Manba: Qalampir.uz

×