Özbekistonlik Çelyabinskda yuk maşina ostida halok böldi

Özbekistonlik Çelyabinskda yuk maşina ostida halok böldi

Özbekistonlik Çelyabinskda yuk maşina ostida halok böldi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati Yekaterinburg şahridagi Boş konsulxona maʼlumoti asosida.

Xabarga köra, 2019-yil 26-iyul kuni Çelyabinsk şahrida Özbekiston fuqarosi B.R. yölni kesib ötayotganida yuk avtomaşinasi urib ketgan va hodisa joyida vafot etgan.

Yekaterinburgdagi Boş konsulxona vaziyatni nazoratga olgan.

"Özbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining Moskva şahridagi vakolatxonasi hamda Çelyabinsk şahridagi özbek diasporasi bilan birgalikda marhumning jasadini vatanga jönatiş bilan boğliq taşkiliy va boşqa masalalarni hal qilyapti", - deyiladi xabarda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etgan hamda Rossiyaning Ural federal okrugi (Kurgan viloyati, Sverdlovsk viloyati, Tyumen viloyati, Çelyabinsk viloyati, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi – Yugra, Yamal-Nenetsk avtonom okrugi) hududida bölib turgan Özbekiston fuqarolariga ular zarurat tuğilgan holatlarda mamlakatning Yekaterinburg şahridagi Boş konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilişlari mumkinligini eslatib ötgan: +7 343 276 31 66, +7 343 272 31 33.

×