Xonanda Jasur Umirov qamoqqa olindi

Xonanda Jasur Umirov qamoqqa olindi

Taniqli xonanda Jasur Umirov hibsga olindi. Bu haqda Samarqand viloyat prokuraturasi xabar bermoqda. 

Qayd etilişiça, xonanda J.U. voyaga yetmagan Ş.M.ni nomusiga tekkanligi holati yuzasidan töplangan hujjatlar böyiça joriy yilning 9 oktyabr kuni Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan Jasur Umirovga Özbekiston Respublikasi JKning 118-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirgi kunda iş yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilgan. 

Voyaga yetmagan Ş.M. advokati M.Rustamova bilan birgalikda viloyat prokuraturasiga murojaat etib, J.U.ga nisbatan bölgan jinoyat işi tergov harakatlaridan noroziliklarini bayon etgan.

Murojaat Samarqand viloyat prokurori R.Maşaripov tomonidan örganilib, ariza muallifi advokati M.Rustamova iştirokida özi rahbarligida viloyat prokuraturasi va IIB masʼullari iştirokida 2020 yil 18 dekabr kuni qabul qilinib, jinoyat işi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olinganligi va tez kunlarda qonuniy qaror qabul qilişi taʼkidlandi. 

Şundan söng, işda töplangan dalillar asosida J.U.ga nisbatan 118-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayb eʼlon qilinib, sudning bugun, 21 dekabrdagi ajrimiga asosan unga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllanildi.

Jinoyat işi tergovi viloyat prokurori R.Maşaripov tomonidan alohida nazoratga olindi.

×