Bu haqda IIV tergov departamenti bölim boşliği Azizbek Dolixöjayev AOKAda ötkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.
«Samosud»jarayonini videotasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylaştirayotgan bölsa, Jinoyat kodeksining 130-moddasi, yaʼni zöravonlik va yoki şafqatsizlikni tarğib qiluvçi maʼlumotlarni tayyorlaş, uni tarqatiş yoki joylaştirganlik uçun avvalombor maʼmuriy javobgarlik nazarda tutilgan.
Bunda jismoniy şaxslarga 100 baravargaça miqdorda, yaʼni 22 million sömdan ziyod jarima jazosi qöllanişi, uning harakatlari jinoyatni keltirib çiqaradigan bölsa, 3 yilgaça axloqni tuzatiş işlari jazosi nazarda tutilgan.
«Samosud»ga aralaşgan odam qanday jazoga tortiladi?
Birinçidan, şaxsning harakatlari «samosud» qilingan jabrlanuvçining şunga qaratilgan xatti-harakatdan kelib çiqadi. Yaʼni uni tutqunlikda uşlaş, jabrlanuvçiga qay darajada jarohat yetkazganidan kelib çiqib jazo belgilanadi.
Yoki jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini mensimaslik oqibatida sodir etgan qilmişi uçun tegişli moddalar bilan javobgarlik nazarda tutilgan», dedi Tergov departamenti bölim boşliği.









