Özbekistonda birinçi Islomiy moliya kengaşi taşkil etildi

Özbekistonda birinçi Islomiy moliya kengaşi taşkil etildi

Özbekistonda Islomiy moliya faoliyati bilan boğliq masalalarni muvofiqlaştiruvçi Markaziy bankning Islomiy moliya kengaşi taşkil etildi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Qayd etilişiça, kengaş islomiy bank faoliyatini amalga oşiruvçi banklar, islomiy moliyalaştirişga oid xizmatlarni körsatuvçi mikromoliya taşkilotlari, Omonatlarni kafolatlaş agentligi hamda Markaziy bank nazorati ostidagi boşqa taşkilotlar tomonidan amalga oşiriladigan islomiy moliya faoliyatini muvofiqlaştiruvçi Markaziy bankning kollegial organi hisoblanadi.

Maʼlum qilinişiça, kengaş tarkibi Islom huquqi böyiça mutaxassis va texnik ekspert bölgan 5 nafar aʼzodan iborat.

Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi boş mutaxassisi Saidjamol Yusufoviç Masayitov Markaziy bankning islomiy moliya kengaşi raisi, Islom huquqi böyiça mutaxassisisi sifatida foliyat olib boradi.

Markaz boş mutaxassisi Muhammadayubxon Homidov esa rais örinbosari etib tayinlangan.

Şuningdek, Fatvo markazi mutaxassislari Hikmatilla Toştemirov va Abdullatif Tursunov hamda Orient Audit Group auditorlik kompaniyasining boşqaruvçi hamkori Axrorjon Saʼdullayev kengaş aʼzolari bölgan.


Kengaş quyidagi vazifalarni amalga oşiradi:

  • islomiy moliya standartlari loyihalarini islomiy moliya böyiça xalqaro standartlar va mahalliy kontekstni inobatga olgan holda işlab çiqadi;
  • Markaziy bankka islomiy moliya faoliyatini tartibga soliş va nazorat qiliş masalalari yuzasidan xulosa va maslahatlar beradi, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini işlab çiqişda kömaklaşadi, sohada yuzaga keladigan nizolar hamda bahsli masalalar böyiça tuşuntiriş va izohlar beradi;
  • banklar va mikromoliya taşkilotlariga islomiy moliya faoliyati bilan boğliq tavsiyalar va körsatmalar beradi, ular bilan davriy maslahat uçraşuvlarini ötkazadi;
  • Islomiy moliya institutlari uçun buxgalteriya hisobi va audit taşkiloti (AAOIFI)ning yiğilişlarida Markaziy bank nomidan qatnaşadi va zarur hollarda AAOIFI tomonidan işlab çiqilgan hujjatlar loyihalariga öz takliflari va munosabatlarini taqdim etadi.

Regulyatorga köra, kengaş har yili Markaziy bank boşqaruviga öz faoliyati böyiça yillik hisobotni taqdim etadi.


Teglar:
×