Toşkentda fohişalar guruhini internetda reklama qilib kelgan bloger uşlandi, deya xabar bermoqda Toşkent viloyati IIBB.
Toşkent viloyati Prokuraturasi, IIBB Terrorizm va diniy ekstrimizmga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari tomonidan 18 noyabr kuni tezkor tadbir ötkazgan.
Olib borilgan suriştiruvlar davomida özini Roma deb taniştiruvçi uşbu şaxs 1988 yilda tuğilgan Yaşnobod tumanida yaşovçi T.M. ekanligi, fohişaxona saqlaş, qöşmaçilik qiliş va odam savdosi kabi jinoiy faoliyat bilan şuğullanuvçi guruhning faol aʼzosi ekani aniqlangan.
Şuningdek, suruştiruv davomida u moddiy (har bir eʼlon uçun 50 dan 500 dollargaça) daromad evaziga jinsiy xizmat körsatuvçi fohişalarning massaj va intim xizmati eʼlonlarini ijtimoiy tarmoqlarga muntazam ravişda joylab kelganligi aniqlanib, uning yaşaş xonadoni tintuvdan ötkazilgan.
Tintuv davomida: 29 ming 14 dollar; 4 million 880 ming söm pul; 10 dona plastik kartoçka; 2 dona çegirma plastik kartoçkasi; 4 dona xorijiy davlatlarning işlatilmagan va 2 dona işlatilgan SIM-kartalar; 2 dona elektron xotira (fleş karta); 3 dona Redmi rusumli telefon apparati; 1 dona HP noutbuk va boşqa noqonuniy buyumlar aşyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan viloyat IIBB xodimlari tomonidan tezkor suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.









