Terrorçilik taşkilotini moliyalaştirib kelgan Özbekiston fuqarosi uşlandi

Terrorçilik taşkilotini moliyalaştirib kelgan Özbekiston fuqarosi uşlandi

Özbekiston fuqarosi Suriyadagi terrorçilik taşkiloti faoliyatini qöllab-quvvatlab, moliyalaştirib kelayotgani aniqlandi. Bu haqda Içki işlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, 1994 yil Farğona viloyatida tuğilgan fuqaro Ğ.O. Janubiy Koreyaga borib, u yerda terrorçilik taşkilotining yetakçilari bilan aloqa örnatgan. Şundan söng, ularning noqonuniy faoliyatini moliyalaştirişga kirişgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 1553, 2442-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar, çet davlatlarda faoliyat yuritayotganingizda yoki taʼlim olayotganingizda ogoh böling. Terrorçilik taşkilotlari yollovçilarining taʼsiriga tuşiş hamda ularning faoliyatida qatnaşiş oğir oqibatlarga olib kelişini unutmang! Öz taqdiringizga befarq bölmang”, deyiladi vazirlik xabarida.


Teglar:
×